Reja: 1. Qirqquloqtoifalarning tuzilishi, tarqalishi va kelib chiqishi. 2. Bo'limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari. 3. Ahamiyati. 1. Bu bo'lim vakillari oldingi bo'limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. Barglarining shakli har-xil bo'lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo'laklarga bo'lingan, ba'zan butun holida bo'ladi. Bularda sporangiyalar spora hosil qiluvchi boshoqlarda emas, barglarining ostki yuzasida yoki chetki qirralarida, sodda vakillarida, novdaning uchki qismlarida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan sporangiyalar to'p-to'p bo'lib joylashib, soruslarni hosil qiladi. Har bir sorus ustki tomonidan yupqa parda, «Induziy» bilan o'ralgan. Bularning barglari ikki xil: vegetativ va generativ vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham ularni «Vayi» deb ataladi. Tanasidagi o'tkazuvchi nay bog'lamlari bilan barg orasida uzilish bor. Shuning uchun ular to'qilib turadi. Bu bo'limda teng va har-xil sporali o'simliklar mavjud. Qirqquloqlar Poleozoy erasining devon davridan boshlab rivojlangan. Mezozoy erasida ularni xilma-xilligi yanada ko'paygan. Hozirgi vaqtda bu bo'lim 100 dan ortiq turni o'z ichiga olib, turli ekologik sharoitlarda o'sishga moslashgan. Bular yer yuzining deyarli hamma nuqtalarida uchraydigan daraxt, buta va o't o'simliklardir. Daraxt, buta holidagilari tropik va subtropitk mintaqalarda: (Filipin, Indoneziya, Madagaskar orollarida, Shri-Lanka va boshqalar) tarqalgan. O'rta Osiyo sharoitida o't o'simliklari uchraydi. Qirqquloqlar kelib chiqishi bo'yicha rinnyafitlarga bog'liq. 2.Qirqquloqtoifalar bo'limi hozirgi davrida 7 ta sinfga bo'linadi. Shulardan to'rttasi haqida fikr yuritamiz. 1. Kladoqsilonsimonlar sinfi - Cladoxylopsida 2. Ujovniksimmonlar sinfi - Ophioglossopsida 3. Marattiyasimonlar sinfi - Marattiopsida 4. Polipodiumsimonlar sinfi - Polypodiopsida 1. Kladoqsilonsimonlar sinfi. Bu sinfga eng sodda tuzilgan, Poleozoy, erasida yashagan, hozirda faqat qazilma holda uchraydigan o'simliklar kiradi. Bularda hali haqiqiy paporotniklarga xos belgilar yuzaga kelmagan. Barglari mayda yoki bargsiz bo'lgan. Sporangiyalari barglarda turmasdan novdalarning uchlarida joylashgan. Vakil: Cladoxylon Scoparium. Bu o'simlikni bo'yi 25-30 sm.ga etib boradigan butacha shakldagi o'simlik. Qazilma holda Belgiya, FRG, Xitoy va Kanadadan topilgan. 2. Ujovniknamolar sinfi. Sinfning 1 ta Ujovniknomalar (Ophioglossales), qabilasi va 1 ta oila ujovnikdoshlar (Ophioglossaceae) oilasidan iborat bo'lib, 3 ta turkumni o'z ichiga oladi. (Ophioglossum,Botrychium,Helminthostachys). Shulardan bizning floramizda uchraydigan turi - Ophioglossum vulgatum. Uning bo'yi 30 sm. gacha etib boradigan ildizpoyali o'simlik. Ildizpoyadan yer betiga bitta barg o'sib chiqadi. Bu barg meva beruvchi va vegetativ qismlarga bo'linadi. Sporangiyalar bargning meva beruvchi qismida hosil bo'ladi. Sporalari bir xil shaklda. Gametofiti ingichka chuvalchangsimon ko'rinishida bo'lib, yer tagida 2-10 sm chuqurlikda rivojlanadi. Uning kattaligi 2-3 sm bo'lib zamburug''lar bilan simbioz holda hayot kechiradi. Gametofiti bir uyli. Spermatozoidlari ko'p xivchinli. Vegetativ yo'l bilan ildizpoyadagi qo'shimcha kurtaklar yordamida ko'payadi. 3.Marattiyasimonlar sinfi. Bu sinfning ham 1 ta Marattiyanamolar (Marattiales), qabilasi va 1 ta Marattiyadoshlar oilasi (Marattiaceae) bo'lib, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: doc