Qishloq xo'jaligi ekinlarida nafas olishni boshqarilishi va ikkilamchi moddalar hosil bo'lishi Reja; Tashqi muhitga bog'liq holda nafas olishni o'zlashtirishi. Don meva va sabzavotlarni saqlash da nafas olishning ahamiyati. Bir moddadan ikkinchi moddaning hosil bo'lishi. ikkilamchi moddalar. O'simliklar tarkibidagi alkaloidlar va glikozidlar. O'simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalar. Tashqi muhitga bog'liq holda nafas olishni o'zlashtirishi. Nafas olish tezligi o'simliklarning turiga, yoshiga va yashash sharoitlaridagi omillar ta'siriga bog'liq. Xatto bu tezlik bir o'simlikning har-xil qismlarida turlicha sodir bo'ladi. O'simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bo'lsa nafas olish ham shuncha kuchli bo'ladi. O'simlikning qarish jarayonida nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Pishib etilgan, quruq urug'larda nafas olish tezligi juda past unayotgan urug'larda esa faol bo'ladi. Masalan tarkibida 10-12% suvi bo'lgan bir kilogramm arpa urug'i bir sutkada 0,3-0,4 mg SO2 ajratadi. To'la bo'rtgan va unayotgan urug'larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bo'ladi. Umuman o'simliklarning nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bo'ladi. Umuman o'simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta'siriga bog'liq. Kislorodning miqdori. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muxum omillardan biri hisoblanadi. havo tarkibidagi kislorod (21%) o'simliklarning erkin nafas olishiga to'la etarli bo'lib, xatto uning miqdori 9% gacha kamaysa ham o'simliklarga zararli ta'sir qilmaydi. Faqat atmosferada kislorod miqdori 5% ga tushgandan so'ngina uning yetishmasligi sezila boshlaydi. O'simlik to'qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bo'lib, o'zgarib turadi. Masalan, qand lavlagisining barg to'qimalarida bu ko'rsatkich miqdori bir sutka davomida 7,1% dan 17,4% gacha o'zgaradi. Demak atmosferadagi kislorod o'simliklar uchun to'la etadi. Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod etishmaslik xollari sodir bo'lishi mumkin. Ayniqsa, strukturasi bo'zilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib uzoq muddatga saqlanib qolgan qatkaloq hosil bo'lgan erlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni bo'ziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning yetishmasligi, anaerob nafas olish o'rniga bijg'ish jarayonini faollashtiradi va natijada zapas organik moddalar ko'proq sarflanadi. Oraliq moddalar sifatida spirtlar ajralib to'planib o'simlik ildizlari chiriy boshlaydi. Bu uzoq davom etsa o'simliklarning o'sish va rivojlanishi, hosildorligi keskin kamayadi va xatto o'simlik o'lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday erlarga qo'shimcha ishlov berish, tuproqni yumshatish qatkaloqqa yo'l qo'ymaslik, o'g'itlash (organik va mineral) zarur. Karbonat angidridning miqdori. Karbonat angidridning miqdori ham nafas olish jarayonida malum ahamiyatga ega. To'qimalarda u ko'p miqdorda to'planganda nafas olish tezligi pasayadi. Karbonat angidridning to'planishi ko'pincha pishib etilgan va qattiq po'st bilan qoplangan urug'larda sodir bo'ladi. Ko'pchilik yovvoyi o'simliklarning qattiq po'st o'ralgan urug'lari uzoq yillar davomida o'zining ko'karish ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
89.59 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
89.59 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: docx