Qo'ng'irpo'stkabilar kichik ajdodi

Qo'ng'irpo'stkabilar kichik ajdodi

O'quvchilarga / Botanika
Qo'ng'irpo'stkabilar kichik ajdodi - rasmi

Material tavsifi

Qo'ng'irpo'stkabilar kichik ajdodi Reja: Zig'irnamolar qabilasi Araliyadoshlar oilasi Ziradoshlar oilasi To'ng'iztaroqnamolar qabilasi. Uchqatdoshlar oilasi Asorundoshlar oilasi To'ng'iztaroqdoshlar oilasi Ziranamolar qabilasi - Apiales Aksariyat hollarda o't o'simlik, barglari navbatlashib joylashgan, barg oldi bargchasiz. Guli ikki jinsli, aktinomorf, soyabon shakldagi gul to'plamida joylashgan, 4-5 a'zoli, kosacha barg aksariyat xollarda reduksiyalangan, tojbargi erkin, tutash emas, urug'chisi bitta, odatda ikkita mevabarchidan shakllangan, tugunchasi ikki xonali, ostki, urug'i endospermli. Qabilaga A. Taxtadjyan sistemasida (1987) 3 ta oila kiritiladi. Shulardan eng yirik va ahamiyatlisi ziradoshlar (Apiaceae) va araliyadoshlar (Araliaceae) oilalari hisoblanadi. Araliyadoshlar oilasi - Araliaceae Oila 80 dan ortiq turkumga mansub, 800 turni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik araliyadoshlarga mansub turlar tropik va subtropik hududlarda o'sadi. Ularning aksariyat turlari Malayziya, Indoneziya va Amerika tropiklarida uchraydi. Araliyadoshlar uncha katta bo'lmagan daraxtlar yoki butalarni, ba'zi chirmashib o'suvchi lianalarni o'z ichiga oladi. Ko'p yillik o't turlari ham bor. Barglarining bandi kengayib novda hosil qiladi va poyani o'rab turadi. Barglari poyada navbatlashib joylashadi. To'pguli yirik, murakkab soyabon. Gullari nisbatan mayda, aktinomorf, ikki jinsli, ikki uyli. Gulqo'rg'oni ikki qavat, gulkosachabargi 5 yoki 4 ta, gultoji 5 ta, changchisi ham 5 ta yoki ko'p. Bu oilaga ko'pchilikka tanish dorivor o'simlik jenshen (Panax ginseng), zamanixa (Oplopanax), araliya (Aralia), eleuterokokk (Eleutherococcus) va boshqa manzarali o'simliklar kiradi. Ziradoshlar oilasi - Apiaceae Bu oila 300 taga yaqin turkumga mansub 300 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Ular butun Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar ustunlik qiladi, qisman yarimbuta va butalardan iborat. Arharo't (Angelica ternata), gulpar (Heraclium) turkumi va boshqalarning bo'yi 3 metrgacha etishi mumkin. Barglari turli darajada bo'lingan, butunlari ham bor. Ko'pincha turlarida (kovrak) bargining asosida qini (novi) bo'ladi. To'pguli oddiy yoki murakkab soyabon, kallakchadan iborat. Gullarining rangi juda ham xilma-xil, gulqo'rg'oni murakkab, gulkosachabarglari reduksiyalangan 5 tadan, mayda, gultojibarglari 5 ta, tulashmagan. Changchisi 5 ta, urug'chisi 2 ta, tugunchasi ostki. Gul formulasi: Ca5Co5A5G(2). Mevasi pistacha. Ziradoshlar oilasining vakillari Yer sharining deyarli hamma qit'alarida uchraydi, lekin subtropiklarda ko'proq tarqalgan. O'rta Osiyoda oilaning 97 turkumga mansub 422 ta turi, O'zbekistonda 69 ta turkumga oid 198 ta turi o'sadi. Oila 3 oilachaga bo'linadi. Bulardan eng kattasi, ya'ni turkum va turlarga boyi Apiumdoshchalar (Apioideae) oilachasi bo'lib, u O'zbekistonda keng tarqalgan eng yirik turkumlar va foydali xususiyatlarga ega bo'lgan turlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, kovrak (Ferula) ning 48 turi, shashir (Prangos) ning 8 turi, zira (Bunium) ning 12 turi, Elesticta (Elaeosticta, Scaligeria) ning 12 turi o'sadi. Bulardan tashqari ko'plab iste'mol qilinadigan turlardan petrushka (Petroselinum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 259.83 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 259.83 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga