Qoplovchi to'qima

Qoplovchi to'qima

O'quvchilarga / Botanika
Qoplovchi to'qima - rasmi

Material tavsifi

Qoplovchi to'qima Reja: Qoplovchi to'qimaning vazifasi Epiderma tuzilishi va vazifasi Peridermayemen tuzilishi. Po'stloq Asosiy tushunchalar: epiderma, og'izcha apparati, yordamchi hujayralar, trixomalar, periderma, fellema, fellogen, felloderma, po'kak to'qima, po'stloq , ritidom. Gaz almashinuv, suv bug'latish hamda mexanik himoya vazifasini bajaruvchi chegaralovchi to'qimalar guruhini qoplovchi to'qima deb ataladi. Qoplovchi to'qimalar kelib chiqishi va tuzilishiga ko'ra epiderma, periderma va po'stloq (ritidom) kabi turlarga bo'linadi. Birlamchi qoplag'ich to'qima (epiderma) yosh novda, poya va barglarni ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi to'qimalar - periderma va ritidomlar esa o'simlikning poya va ildizlarini qoplaydi. Shimish vazifasi kuchliroq bo'lgan tashqi chegaralovchi to'qimalar ildizlar uchun xarakterli bo'lgan velamen va rizodermalardir. Ichki chegaralovchi to'qimalar o'simlikning turli organlarida uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma ildizda, o'tkazuvchi boylamlarni o'rab turuvchi hujayralar guruhi esa asosan barg uchun xarakterlidir. Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bo'lgan birlamchi qoplovchi to'qima hisoblanadi. U o'simlikning yosh davrida barcha organlarini qoplab turadi. Keyinchalik ko'p yillik organ ikkilamchi qoplovich to'qima bilan almashinadi. Poya va barglardagi birlamchi qoploichi to'qima epiderma deb ataladi. Epidermaning muhim vazifasi gaz almashinuvi boshqarish va suv sarfini kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari epiderma o'simlikning ichki to'qimalariga kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarni kirishidan va mexanik zararlanishdan saqlaydi. Organlarga mustahkamlik beradi. Epiderma orqali efir moylari, suv tomchilari va tuzlar ajralib chiqishi mumkin. Epiderma to'qimasi parenxima yoki bir oz cho'zilgan tirik hujayralardan tashkil topgan. Hujayradagi yirik vakuol shira bilan to'la bo'ladi. Odatda hujayrada rangli plastidalar bo'lmaydi, ammo yadro atrofida leykoplastlar kuzatiladi. Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og'izchalar yordamida bog'lanadi. Og'izchilar orqali gaz almashinuv va suv bug'latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. Og'izchilar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular o'rtasida joylashgan hujayra oralig'i - og'izchadan iborat. Og'izchalar atrofida joylashgan epiderma hujayralari ko'pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ularni og'izchaning yordamchi hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar murakkab og'izcha apparatini hosil qiladi. Og'izchaning ustki va ostki tomonlarida oldingi va keyingi dahlizlar hamda og'izcha tagida havo bo'shlig'i joylashgan. Og'izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog'liq. Tashqi omillardan biri o'simlikni suv bilan ta'minlanganlagiga qarab og'izchalarning ochilishi va yopilishi kuzatiladi, shu bilan o'simlik bug'lantiradigan suv miqdori boshqarib turiladi. Loviyasimon hujayralarning harakati turgor va plazmoliz hodisalariga ham asoslangan. 8-rasm. Turli o'simliklar epidermasi: A-xlorofitum; B- ikki pallaliklar vakili plyush; V- geran; G - oq tut; 1 - tutashuvchi hujayralar; 2- barg og'izchalari; 3- havo yo'li tirqishi. 9- rasm. Turli o'simliklar trixomasi. 1- kartoshka; 2- olma; 3- sigirquyruqlarda uchraydigan oddiy shoxlangan trixomalar; 4- moychechak; 5- tamaki; 6- gazako'tlarda uchraydigan bezli tukchalar. Trixomalar. Epiderma hujayralari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.22 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.22 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga