Qoqio'tkabilar kichik ajdodi

Qoqio'tkabilar kichik ajdodi

O'quvchilarga / Botanika
Qoqio'tkabilar kichik ajdodi - rasmi

Material tavsifi

Qoqio'tkabilar kichik ajdodi Reja: Qo'ng'iroqguldoshnamolar qabilasi Qo'ng'iroqguldoshlar oilasi Qoqio'tnamolar qabilasi Qoqio'tdoshlar oilasi QOQIO'TKABILAR KICHIK AJDODI - ASTERIDAE Ajdodcha 5 ta qabila, 13 ta oila, 1400 taga yaqin turkum va 300 ta atrofidagi turlarni o'z ichiga oladi. Qoqio'tnamolar (Asterales) qabilasiga kiruvchi eng yirik oila Qoqio'tdoshlar (murakkabguldoshlar) - Asteraceae (Compositae) oilasidir. Qo'ng'iroqgulnamolar qabilasi - Campanulales Daraxt, buta, yarim buta va o'tlar. Barglari butun, qirqilgan yoki patsimon va boshqa shakllarda bo'ladi, qarama-qarshi va navbatlashib joylashgan. Gullari 4 doirada joylashgan, aktinomorf yoki zigomorf. Changchilari 5 ta, erkin, 5 changdonli, yoki changdonlari qo'shilib o'sib poychani o'rab olgan nay hosil qiladi. Mevasi ko'p urug'li ko'sakcha yoki rezavor. Qabilaga 5 oila, 90 turkumga mansub, 1200 dan ortiq turlar kiradi. Hammasi shamol yordamida changlanadi. O'zbekistonda Nashtarbargdoshlar - Sphenocleaceae oilasiga mansub nashtarbarg (Sphenoclea) turkumi turlari uchraydi. Qo'ng'iroqguldoshlar oilasi - Campanulaceae Oila vakillari o't, yarim buta ba'zan butalar. Odatda ularda sut shirasi bo'ladi. Ularning barglari navbatlashib, ba'zan qrama-qarshi joylashgan. Gullari aktinomorf, ba'zan zigomorf, ko'pincha 5 a'zoli. Gultoji qo'ng'iroqsimon, odatda bargchalari qo'shilib o'sgan. Mazkur oila 60 turkumga mansub 100 dan ortiq turlarni o'z ichiga oladi. Qoqio'tnamolar qabilasi - Asterales Ko'p yillik va bir yillik o't, yarim buta, qisman buta va lian yoki u qadar baland bo'lmagan daraxtsimon o'simliklar. Barglari navbatlashib yoki ayrim hollarda qarama-qarshi yoki halqa shaklida joylashgan, oddiy, butun, barg yaprog'i bir xil emas, ayrim hollarda reduksiyaga uchragan, barg oldi bargchasiz. Gullari savatcha (ratsemoz) shakldagi gul to'plamlarida, gul qo'rg'oni 5 yoki qisman 4 a'zoli. Tojbarglari va kosacha barglarining nay shakldagi, ostki qismi bilan tugunchaga to'liq tutashgan, tojbargining erkin tutash bo'lmagan qismi turli xil o'zgarishlarga uchragan yoki reduksiyalangan, yoki umuman yo'q. Tojbargi to'rt xil shaklda: naysimon (aktinomorf, tulik tutash, 3-5 bo'lma yoki 5 tishli); tilsimon-ikki lab shaklida old yoki orqa kosachabarglari orasida joylashgan. Changchilari tojbarg bilan tutash, urug'chisi 2 ta meva bargidan shakllangan, bir xonali. Mevasi urug'cha. urug', qisman endospermli. Bu tartib vakillari ikki pallalilarga mansub tartiblarning eng yosh va murakkab tuzilganligi va tarkibida sodda tuzilishli daraxt turlarining bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Tarkibiga faqat bitta qoqio'tdoshlar oilasi (Asteraceae) mansub. Qoqio'tdoshlar oilasi - Asteraceae Qoqio'tdoshlar oilasi 1250-1300 ta turkumga mansub 2500 ta turni birlashtiradi. Ular Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar ustunlik qiladi. O'rta Osiyoda oilaning 179 ta turkumga mansub 1463 ta turi, O'zbekistonda 121 ta turkumga oid 566 ta turi o'sadi. Bu oilaga asosan bir va ko'p yillik o'tlar hamda ayrim buta, liana va kichik daraxtlar kiradi. Ular xilma-xil ekologik sharoitda-cho'llardagi qumlarda, sho'rxok va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 460.78 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 460.78 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga