Reja: 1. Sinfchaning muhim belgilari. 2. Sinfchaning qabila va oilalarning xarakterli belgilari, ularning keng tarqalgan vakkilari. 3. Ahamiyati. 1. Bu sinfcha ikki pallalilar sinfining sinfchalari orasida eng kattasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga asosan o't o'simliklar, ba'zan chala buta, buta va daraxtalr ham kiradi. xarakterli xususiyatlaridan biri zaxira oziqa modda sifatida uglevodlarning (inulin) bo'lishidir. Ko'pchilik vakillarining vegetativ a'zolarida sutsimon shira mavjud. Gullari to'gri yoki notug'ri. Gultojbarglari qo'shilgan. Sinfchaning tarkibiga 5 ta qabila kiradi. Ulardan ayrimlariga to'xtab o'tamiz. 1. Qo'ng'iroqgulnamolar kabilasi - Campanulales Bu kabila 7 ta oilani birlashtiradi. Oila vakillari asosan o't o'simliklar, ba'zan buta, kamdan-kam hollarda daraxtlari ham uchraydi. 1. Qo'ng'iroqguldoshlar oilasi - Campanulaceae Bu oilaga 80 turkum, 2300 ga yaqin tur kiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan, o't, chala buta va buta o'simliklardir. Barglari ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari, tug'ri yoki notug'ri, 5 a'zoli. Gultojbarglari qo'shilgan qo'ng'iroqsimon. Gul formulasi: Û Ca(5)Co(5)A5 G (3) ba'zan (2-5) Mevasi ko'sakcha. Urug'i endospermli. Oila vakillari: Tig'izgulli qo'ng'iroqgul (Campanula glomerata), ko'p yillik o't, tog' yonbag'irlarida o'sadi. Kodonopsis (Codonopsis clematidea) ko'p yillik o't. Azineuma (Asyneuma argutum) ko'p yillik o't. Ahamiyati: Oila vakillari manzarali o'simlik. Ayrimlari dorivor o'simliklar hisoblanadi. 2. Qoqio'tnamolar qabilasi - Asterales Bu qabilaga faqat Qoqio'tdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasi kiradi. 1. Qoqio'tdoshlar oilasi - Asteraceae Bu oila guli o'simliklarning 12-15 % ni o'z ichiga olgan eng katta oila hisoblanadi. Oilaning 100 ga yaqin turkum va 2500 turi ma'lum. Ular yer sharining hamma qit'alarida turli ekologik sharoitlarda o'sishga moslashgan. Hayot shakllari: ko'p yillik va bir yillik o't o'simliklar, ba'zan chala buta va tropikada daraxtsimonlari (senicio) ham uchraydi. Berglari oddiy, poyaga asosan ketma-ket ba'zan qarama-qarshi yoki halqa bo'lib joylashgan. Barg yaprog'ining shakli har-hil, yon bargsiz. Gullari to'p gulli bo'lib, savatchada joylashgan. Savatcha sirtidan bir yoki bir necha qator o'rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha yassi, bo'rtgan yoki botiq gul o'rni atrofida hosil bo'ladi. Gul o'rni silliq yoki pardasimon, qiltiqli ba'zan tuqli bo'lishi mumkin. Savatchada hosil bo'lgan gullarni soni bittadan tortib, bir nechtagacha bo'ladi. Ular ikki jinsli, ayrim jinsli yoki pushtsiz (changchi va urug'chilar rivojlanmagan) bo'ladi. Gulkosacha bargi reduktsiyalanib, oddiy yoki patsimon tuklarga, g'oxo qiltanoqlarga aylangan. Bular mevada saqlanib qolib, keyinchalik urug'larning shamol yordamida tarqalishiga xizmat qiladigan popuk (ukpari) yoki kokillarga aylanadi. Gultojbarglari hamisha tutash bo'lib, to'g'ri yoki noto'g'ridir. Changchilari 5 ta, chang iplari erkin bo'lib, chang xaltachalari birikkan holda naycha hosil qiladi. Urug'chisi 1,2 ta mevabargchaning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi ostki. Mevasi pistacha. Oila vakillari gultojbarglarini tuzilishiga qarab 5 ta tipga bo'linadi: 1. Naychasimon gullar. Bunday gullarni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: doc