QOVOQDOSHLAR OILASI mavzusidagi TAQDIMOTI REJA: Qovoqdoshlar oilasining umumiy tuzilishi. Oila vakillarining xilma-hilligi Tarqalishi va ahamiyati. Mavzuning ta'limiy maqsad: Qovoqdoshlar oilasi tuzilishi, tarqalishi, turlari, ahamiyati haqida tushunchalarni shakllantirish. Mavzuning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish va ular kelajakda o'zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishlari va yurt ravnaqiga hissa qo'shish ruhida tarbiyalash. Tayanch so'z va iboralar: soxta, rezavor, oshqovoq, qovun, tarvuz,changchi gullar, kosa barglar. Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O'zbekistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi. Vakillari asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar. Poyasi o'rmalab yoki ilashib o'sadi. Barglari to'g'ri, oddiy, poyada ketma-ket o'rnashgan. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Rosa barglar ham, tojbarglar ham qo'shilib o'sgan. Changchilari ikkitadan juft bo'lib qo'shilgan, bittasi erkin. Urug'chisi uchta meva bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. gul formulasi: Gk(5) Gt(5) Ch(2)+1 U0 ; Gk(5) Gt(5) Ch0 U(3) Qovoqdoshlarning mevasi - etdor, sersuv, soxta rezavor meva. O'zbekistonda ko'plab ekiladigan bu oilaga mansub o'simliklardan biri oshqovoq (oyim qovoq)dir. Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik sabzavot o'simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o'rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan. Oshqovoqning mevasi yirik, soxta rezavor meva. Mevaning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor. Ovqatga ishlatiladi. Urug'ida 50 % gacha ovqatga ishlatiladigan yog'lar bor. O'zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o'simlik ekiladi. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun-tarvuzlar hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-tovoqlar, qozonyuvg'ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qovoqdoshlar oilasining yer yuzida qancha turi bor? 2. Barglari va gullari qanday tuzilgan? 3. Formulasini yozib bering. Vakillarini sanab bering. Qovoqdoshlar oilasi vakillarining kundalik hayotimizda qanday ahamiyatga ega? 54-§. QOVOQDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin tur o'simlik o'sadi. Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) yoyilib yoki jinga-laklar bilan ilashib o'sadi. Barglari oddiy, gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulkosa-chasi 5 ta, gultoji 5 ta gultojbargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo'lib qo'shilgan, 1 tasi erkin. Urug'chisi bitta, 3 ta urug'chibarg-ning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Qovoqdoshlarga mansub o'simliklarning gullari ayrim jinsli bo'lganligi uchun ularning changchi va urug'chi gullariga alohida-alohida formula va diagrammalar beriladi. Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o'simligidir. Poyasi si-lindrsimon, mayin tuklar bilan qoplan-gan, o'rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan. Uning chang-120-rasm. chi va urug'chi gullari bitta tupda yeti-Oshqovoq ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.07 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.07 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx