Ra'nodoshlar oilasi mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi

Ra'nodoshlar oilasi mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi

O'quvchilarga / Botanika
Ra'nodoshlar oilasi mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Ra'nodoshlar oilasi mavzusiga 1 soatlik dars ishlanmasi O'TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH. To'rtinchisi ortiqcha texnologiyasi Bunda berilgan so'zlar orasidan ortiqcha, ta'luqli bo'lmagan so'z chiqarib tashlanadi. Test tarqatma materiali beriladi. Bajarish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Krosvord Bajarish uchun 3 daqiqa beriladi. MAVZU: RA'NODOSHLAR oilasi RA'NODOSHLAR OILASI GUL FORMULASI: Gk(5) Gt5 Ch∞ U1-(5)-∞ TAYANCH TUSHUNCHALAR: Na'matak, Olma, Nok, Kamxastak, Bodom, Do'lana, Olcha, Gul formulasi Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo'tadil iqlimli mintaqalarida o'sadigan 120 turkumga mansub 300 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko'p yillik o'tlar kiradi. O'zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o'sadi. Ra'nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchga bo'lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab, poyada ketma -ket o'rnashgan. Gullari yakka-yakka, barg qo'ltig'ida o'rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to'pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab, to'g'ri, ko'pincha 5 a'zoli. Gul tojbarglari 5 ta, qo'shilmagan. Changchilari ko'p. Urug'chisi 5tagacha yoki undan ham ko'p. Tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi - quruq (yong'oqcha, to'pbargak) yoki ho'l (bir yoki ko'p danakli meva yoki soxta meva). Bu oilaga tobulg'i, olcha, na'matak, olma, olxo'ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi. Tog' va to'qaylarda na'matak turkumiga mansub turlar o'sadi. Ulardan biri oddiy na'matak (ra'no) dir. U bo'yi 3-4 m ga yetadigan, poyasi ko'p, tikanli sershox buta. Iyun- iyul oylarida gullaydi.Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti rangda bo'ladi. Na'matakning soxta mevasi to'q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm. O'zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o'simlik o'sadi. Na'matak madaniy atigullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, O'zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi. Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo'lib, O'zbekistonda ularning 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniy turlardir. Nok guli va mevalari bilan olmaga o'xshaydi. Lekin mevasining etida tosh hujayralarning bo'lishi bilan olmadan farq qiladi. O'zbekistonda nok turkumiga oid 7ta tur bor. Ra'nodoshlar oilasiga tegishli o'simliklar Respublikamizda madaniy holda ham ko'p tarqalgan. Ularga o'rik, shaftoli, gilos va olxo'ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi ( O'rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Oddiy na'matak. Oddiy na'matak ra'nodoshlar oilasiga mansub bo'yi 3-4 metrga yetadigan ,poyasi ko'p ,tikanli,sershox buta.Barglari murakkab,toq patsimon,5-9 yaproqchali.Iyunva iyul oylarida gullaydi.Gullari yirik,eni 8-9-sm.Asoan och pushti,gulkosacha va gultoji 5tadan.Gulda juda ko'p changchi va urug'chilar bor.Na'matakning soxta mevasi to;q qizil,etdor,uzunchoq tuxumsimon,uzunligi 2-3-sm,ichida juda ko'p urug'lari bor. Bu o'simlik urug'idan va ildizbachkilardan ko'paytiriladi. Na'matak mevalari avgust-sentabr oylarida ,yani mevasi och qizil yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga