Ra'nogullilar qabilasi- Rosales Reja: Ra'nogullilar qabilasining tasniflanishi. Tobulg'ilar kenja oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Ra'nolar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Olmalar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Olxo'rilar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Toshyorargullilar qabilasi haqida umumiy ma'lumot. Tayanch ibora va atamalar: aktinomorf, apokarp, sinkarp. Qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o'tsimon o'simliklar. Barglari navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab. Gullari qo'sh jinsli yoki alohida jinsli. Gul qo'rg'oni 5 a'zoli. Changchilari ko'p. Urug'chisi apokarp, ayrim hollarda sinkarp. Mevasi turli-tuman tuzilishli, (yong'oqcha, danak yoki boshoqcha) O'simliklar sistematikasi fanining ko'pchilik namoyandalari bu qabila tarkibida Posaceae, Saxifragraceae, Crasullaceae va boshqa shunga yaqin oilalarning kiritilishini qonuniy deb biladilar. Ularning fikricha, bu qabila ulkan filogenetik bog'lam bo'lib, o'zining kelib chiqishi bilan bularga ko'pgina ikki pallali o'simliklar Fabaceae, Myraceae oilalari shu qabila bilan uzviy bog'liq deb qaraydilar. Biz Taxtadjyan sistematikasiga suyangan holda Ra'noguldoshlar oilasini o'z belgilari bilan unga yaqin bo'lgan ikkita tropik o'lkalar uchun xos uncha katta bo'lmagan (Chrisobalanaceae va Neuradaceae) ikki oilani birlashtirgan alohida Ra'nogullilar (Rosales) qabilasiga ajratiladi. Ra'noguldoshlar oilasi - Rosaceae Oilaning 120 turkumga mansub 2.00 dan ortik turi Shimoliy yarim sharning o'rta iqlimli mintaqasida tarqalgan. Hamdo'stlik mamlakatlarida 50 turkumga mansub 700 dan ortiq tur, shu jumladan, O'rta Osiyoda 38 turkum, 263 turga mansub o'simliklar o'sadi. Bular daraxt, buta, yarim buta va o't o'simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, yonbargli, oddiy, butun yoki uchbargli, tojsimon-panjasimon yoki murakkab barg. Gullari barg qo'ltig'ida joylashgan, yakka yoki gul to'plamida, ko'sh jinsli. Ko'sh gul qo'rg'onli, aktinomorf, besh a'zoli, gul kosacha barglari tutash emas, erkin; oq, sariq, kizil, ayrim hollarda havorang. Changchilari ko'p sonli, tugunchasi ustkidan ostkiga qadar, 5 xonali. Gul formulasi: Ca(5)5 Co5 A∞ G∞. Mevasi quruq yong'oq, shirali danak, murakkab danak yoki yong'oq meva. Urug'i endospermsiz, tarkibida yog', oqsil, ayrim hollarda, amigdalin glikozidi uchraydi. Oila tarkibiga Yevropa, Osiyo va Amerikaning o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan mevali daraxtlarning aksariyat qismi kiradi. Mevasi vita'minlar, karbonsuvlar, organik kislotalar, efir moylarga boy. Shu sababli ular ozik-ovqat uchun muhim ahamiyatga ega. Oila bir nechta kenja (kichik) oilalarga bo'linadi. Tobulg'ilar kenja oilasi - Spiraeloideae Tobulg'ilar kenja oilasi vakillari buta o'simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, ayrim hollarda qarama-qarshi, gullari ko'sh jinsli, aktinomorf, gul ko'rg'oni besh a'zoli, turli xil tuzilishli, gul to'plamida toj barglari 5 ta, changchilari ko'p, ayrim hollarda 10 ta yoki 5 ta, gul o'rni tekis, tugunchasi ustki, mevasi to'p barg. Asosiy turkumi tobulg'i bo'lib, uning O'rta Osiyoda toshli tog' yonbag'irlarida, ohaktoshlar. archazorlar va daryo sohillarida o'sadigan baljuan tobulg'isi (S. baldschuanica) ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
14.57 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
14.57 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: zip, doc