Ra'nokabilar kichik ajdodi Reja: Toshyorarnamolar qabilasi Semizakdoshlar oilasi Toshyorardoshlar oilasi Qoraqatdoshlar oilasi Ra'nonamolar qabilasi Ra'nodoshlar oilasi Mirtnamolar qabilasi. Mirtdoshlar oilasi Naykosadoshlar oilasi Anordoshlar oilasi Qizilbargdoshlar oilasi Burchoqnamolar qabilasi Burchoqdoshlar oilasi Sapindnamolar qabilasi Sapindoshlar oilasi Zarangdoshlar oilasi Toshbaqatolnamolar qabilasi Toshbaqatoldoshlar oilasi Meliyadoshlar oilasi Pistanamolar qabilasi. Pistadoshlar oilasi Zig'irnamolar qabilasi Zig'irdoshlar oilasi Qirmizaknamolar qabilasi. Qirmizakdoshlar oilasi Yoronguldoshlar qabilasi Yoronguldoshlar oilasi Qonteparnamolar qabilasi. Qontepardoshlar oilasi Xnanamolar qabilasi. Xnadoshlar oilasi Tuyatovonnamolar qabilasi. Tuyatovondoshlar oilasi Isiriqdoshlar oilasi Oqchangaldoshlar oilasi Qayiqchagulnamolar qabilasi. Qayiqchaguldoshlar oilasi Normushknomalar qabilasi Normushkdoshlar oilasi Marjono'tnamolar qabilasi. Marjono'tdoshlar oilasi Qipiqbargdoshlar oilasi Chilonjiydanamolar qabilasi Chilonjiydadoshlar oilasi Jiydanomalar qabilasi Jiydadoshlar oilasi Toknamolar qabilasi Tokdoshlar oilasi Ra'nokabilar magnoliyatoifa bo'limiga kiruvchi eng yirik kichik ajdod bo'lib, u 40 ta qabila, 160 ta oila, 2800 taga yaqin turkum va 5500 tadan ziyod turni o'z ichiga oladi. Bu ajdodcha vakillari filogenetik jihatdan dilleniyakabilar ajdodchasiga yaqin turadi. Bu ajdodcha dilliniyakabilar ajdodchasi singari magnoliyasimon ajdodining asosini tashkil etadi. Bu ikkala ajdodcha qadimgi magnoliyakabilardan kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. Toshyorarnamolar qabilasi - Saxifragales Ko'p yillik va bir yillik o't, qisman buta yoki butacha o'simlik. Barglari qarama-qarshi yoki navbatlashib joylashgan, ayrim hollarda halqa shaklida. Gullari turli xildagi gul to'plamlarida yakka joylashgan, odatda ikki jinsli, aktinomorf, qisman zigomorf, qo'sh gulqo'rg'onli. Tojbarglari erkin. Changchilarining soni kosachabarglari soniga teng yoki undan ikki barobar ko'p, tutash emas erkin. Mevasi ko'sakcha, urug'i endospermli. Bu qabila 9 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. Semizakdoshlar oilasi - Crassulaceae Tarkibida yer yuzining iliq va quruq mintaqalarida tarqalgan 30 turkumga mansub 1500 ga yaqin turi mavjud. O'rta Osiyoda 7 turkumga mansub 42 turi tog' va yaylov mintaqalarining nam, shag'al aralash mayin tuproqlarida o'sadi. Ularning aksariyat qismi ko'p yillik, tanasi etli kserofit o't o'simlik. Barglari etli, butun, navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan. Gullari turli xildagi gul to'plamlarida, qo'sh jinsli, aktinomorf, odatda 5 a'zoli, lekin a'zolarining soni o'zgaruvchan. Tojbarglari tutash emas, erkin. Gul formulasi: Ca5Co3A5+5G5. Mevasi to'pbarg yoki qisman ko'sakcha, urug'i endospermsiz. Oilaning asosiy turkumlari: Semizak - Sedum, Soxtasemizak - Psedosedum, Tilovo't - Rosularia. Semizak - Sedum ko'p yillik yoki bir yillik o'simlik, barglari etli, guli qo'sh jinsli, gulqo'rg'oni besh a'zoli. O'rta Osiyoda uning 8 turi tarqalgan bo'lib, ular orasida tog' mintaqasining shag'al, tosh aralash, nam tuproqlarida o'sadigan ko'p yillik Gibrid semizo'ti - S.hybridum, tog'ning xarsang toshlari yoriqlarida o'suvchi ko'p yillik Albert semizo'ti - S.alberti, shag'al va toshli tog' yonbag'irlarida uchraydigai bir yillik S. pentapetalum - besh a'zoli semizo't singari turlari diqqatga sazovordir. Soxtasemizo't - Pseudosedum turkuminiig 9 turi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx