Ra'nokabilar sinfchasi - rosidae

Ra'nokabilar sinfchasi - rosidae

O'quvchilarga / Botanika
Ra'nokabilar sinfchasi - rosidae - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Sinfcha haqida qisqacha ma'lumot. 2. Sinfchaning qabila va oilalarga bo'linishi, , ularning asosiy vakillari va taqalishi. 3. Ahamiyati. 1. Bu sinfcha ikki pallalilar sinfidagi eng katta sinfcha hisoblanadi. Shu bilan birga, bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni o'z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib to o't o'simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba'zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va o'rta. Hozirgi vaqtda A. L. Taxtadjyan (1987) sistemasi bo'yicha bu sinfcha 39 ta qabilani o'z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga to'xtab o'tamiz. 1. Ra'nonamolar qabilasi - Rosales. Bu qabila 3ta oilani ( Rosaceae,Chrysobalanaceae, Neuradacae) o'z ichiga oladi. 1. Ra'noguldoshlar oilasi - Rosaceae Bu oilaga 120ta turkum va 200 dan ortiq tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko'p yillik, ba'zan bir yillik o'simliklar bo'lib, Ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo'lib, ko'pincha yon, barglarga ega. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yakka, ba'zan tupgullarni hosil qiladi. Gulqurg'oni murakkab, 5 lik tipida bo'ladi, erkin yoki ma'lum darajada qo'shilgan. Changchilari ko'pincha ko'p sonli. Urug'chisi 1,5 yoki bir necha mevabarchaning qushilishidan hosil bo'lgan. Mevasi har xil tipda bo'ladi. Ra'noguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik oilachaga bo'linadi. Shulardan 4 tasiga to'xtalib o'tamiz. A) Tubulg'udoshchalar - Spireoideae Oilacha vakillari buta o'simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari mayda sochoq yoki qalqonsimon to'pgulga yig'ilgan. Gulining formulasi: Û Ca5 Co5 A∾ G (5) Mevasi to'p yoyma meva. Oilachaning asosiy turkumi tubulgi (Spiraea). Bu turkumning O'rta - Osiyoda tuqli to'bgulg'i (S.pilosa), baljuan to'bulg'asi (S. baldlchuanica) kabi turlari toshli, tog' yonbag'irlarida, archazorlar, va daryo soxilarida o'sadi. B) Itburundoshchalar - Rosoideae Bu oilachaga o't, chala buta va buta o'simliklar kiradi. Barglari toq patsimon murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali. Poyasi ko'pincha tikanli. Gul formulasi: Û Ca (5) Co5 A∾ G(∾) evasi yong'oqcha yoki murakkab danakchali meva. Oilacha vakillari: Itburun na'matagi (Rosa canina), Fedchenko na'matagi (R.fedtchenkoana), Samarqand na'matagi (R.moracndica), Zangori maymunjon (Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), Qulupnoy (Fragaria), G'ozpanja (Potentilla). V) Olmadoshlar - Pomoideae Oilacha vakillari: daraxt va buta o'simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba'zan murakkab, yong'bargchali. Gul formulasi: Û Ca(5) Co5 A∾ G (1) ba'zan (2-5) Mevasi sersuv soxta meva. Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus pontica). G) Olxuridoshchalar - Prunoideae Daraxt va buta o'simliklar. Bularning gul tuzilishi yuqoridagilarga o'xshab ketadi. Gul formulasi: Û Ca5 Co5 A5, ∾, G 1 Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. Oilacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga