Ra'nokabilar-Rosidae sinfchasi Zig'irnamolar - Linales qabilasi Ra'nokabilar-Rosidae sinfchasiga quyidagi qabilalar kiradi: 1.Toshyorarnamolar-Saxifragales 2. Ra'nonamolar -Rozales 3.Mirtanamolar-Myrtales 4. Burchoqnamolar- Fabales 5. Sapindnamolar -Sapindales 6. To'ng'iztaroqnamolar -Dipsacales 7. Toshbaqatolnamolar -Rutales 8. Zig'irnamolar - Linales 9. Yorongulnamolar - Geraniales 10. Xnanamolar -Balzaminales 11. Qayiqchagulnamolar - Poligalales 12. Jiydanamolar - Elaeagnales 13. Toknamolar - Vitales 14. Normushknamolar - Celastrales 15. Marjono'tnamolar - Santalales 16. Chilonjiydanamolar - Rhamnales 17. Ziranamolar - Ariales Zig'irnamolar - Linales qabilasi Zig'irdoshlar - Linaceae oilasi Oilaning eng yirik turkumi zig'ir (Linum) hisoblanadi va u yer yuzining deyarli hamma mintaqalarida uchraydi. O'zbekistonda 5 turi, asosan, tog'li hududlarda o'sadi. Shundan bitta moyli zig'ir (L. humile) madaniy o'simlik sifatida ekiladi. Umuman, oila 6 turkum va 250 turni o'z ichiga oladi. Zig'irdoshlar sertola260 va sermoy (urug'da 42% gacha moy bo'ladi), bir va ko'p yillik o'tsimon o'simliklardir. Barglari oddiy, navbat bilan yoki qarama-qarshi bo'lib joylashgan. Gullari to'g'ri, besh bo'lakchali qo'shaloq gulqo'rg'onlidir. Gulida 10 ta otalik bo'lib, 5 tasida normal changdonlar bor, qolgan 5 tasida changdonlar bo'lmaydi. Onaliklari qo'shilib o'sgan 5 ta mevacha bargdan iborat. Mevalari - ko'sakcha yoki danakcha. Urug'ida endosperm bo'lmaydi Yovvoyi zig'ir -Linum mesastylim. Ko'p yillik o't bo'lib, bo'yi - 30 -70 sm. Barglari qalami nashtarsimon yoki qalami. Uzunligi - 10- 35 mm. eni -1-3 mm. May-iyun oylarida gullab urug'laydi, tog' yonbag'larlarida o'sadi. Zig'ir qadim zamonlardan ekilib kelinadigan ekinlardan hisoblanadi. Poyasi ivitilib, undan shilib olingan tola to'qimachilik sanoatida ko'p ishlatiladi. Zig'ir moyidan ovqat va alif moy tayyorlash uchun foydalaniladi. Kunjarasida oqsil ko'p, mollar uchun to'yimli ozuqa yem bo'ladi. Zig'irning ko'p yillik turlari manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi . Gul formulasi: *♀♂Са5Со5А5+5G(5) Yorongulnamolar qabilasi-Geraniales Yoronguldoshlar-Geraniaceae oilasi Qabilaning bizda kengroq tarqalgani yoronguldoshlar oilasidir. Oilada 5 ta turkumga kiruvchi 750 ga yaqin tur bor. Ular bir va ko'p yillik o'tlar, ayrim butachalardan iborat. O'zbekistonda oilaning 4 ta turkumga mansub 2 ta madaniy va 18 ta yovvoyi turi o'sadi. Bulardan eng kattasi yorongul (Geranium) hisobianadi. Bir, ko'p yillik o't o'simligi. Bargi panjasimon, guli aktinomorf. 5 a'zoli, binafsha rangli. Mevasi murakkab. Turkum vakillari, asosan, adir va tog'larda tarqalgan. Oila vakillarining xarakterli belgilaridan biri hamma turlarida (dubil) oshlovchi moddalar - smolalar bo'lishi va efir moylar chiqarishidir. Ayrim vakillari begona o't sifatida uchraydi. Chilonjiydanamolar -Rhamnales qabilasi Chilonjiydadoshlar-Rhamnaceae oilasi Oilaga 60 ta turkumga oid 900 dan ortiq tur kiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan. O'zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi o'sadi. Bular buta va past bo'yli daraxtlardan iborat. Gullari mayda, ko'rimsiz, aktinomorf, 4-5 bo'lakli, asosan ikki jinsli , mevasi turlicha. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
54.14 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
54.14 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx