Ra'nokabilar-Rosidae sinfchasi Ra'nonamolar-Rosales qabilasi Ra'nodoshlar -Rosaceae oilasi Ra'nokabilar sinfchasi 40 ta qabila, 60 ta oila, 2800 turkumga mansub 5500 ta turni o'z ichiga oladi. Ra'nodoshlar oilasi 100 turkumni o'z ichiga olib, 300 - 3500 ga yaqin turga ega. O'zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 turi o'sadi. ular yer yuzida juda keng tarqalgan daraxt, butalar, liana va o't o'simliklardan iborat. Ko'pchilik turlarida gullari aktinomorf ikki jinsli kosacha gultoj barglari teng 251 kosacha va gultoj barglari 5 tadan bo'lib, urug'chisi ko'p yoki bitta. Mevalari turlicha - rezavor, soxta meva, bargak, yong'oq. Ra'nodoshlar oilasi 4 ta oilachaga bo'linadi. 1. Tobulg'idoshlar -Spiraeoideae 2.Ra'nodoshlar-Rosoideae 3. Olmadoshlar-Pomoideae 4. Olxo'ridoshlar-Prunoideae Tobulg'idoshlar-Spiraeoideae Oilacha vakillari asosan butalardan iborat. Barglari oddiy yoki murakkab. Gulkosa va gultojibarglari beshtadan, changchilari cheksiz, urug'chisi 5 ta mevacha bargning qo'shilib o'sishidan tashkil topgan. Tubulg'ilar tog'larda keng tarqalgan. Manzarali asal - shirali o'simlik sifatida katta ahamiyatga ega. O'zbekistonda 5 ta turi o'sadi. G'ozpanja-Potentilla. Bir yillik va ko'p yillik o't, barglari panjasimon bo'lingan, ba'zan patsimon bo'ladi. Mevasi ko'p urug'li. Tog' yonbag'irlarida, daryolar bo'yida, daraxt va butalar soyasida o'sadi. Ra'nodoshlar-Rosoideae. Bu oilachaga o't va butalar kiradi. Barglari murakkab - patsimon, yon bargchali. Guli aktinomorf. O'zbekistonda mazkur oilachaning bir necha yovvoyi va madaniy turlari o'sadi. Tabiiy holda maymunjon (Rubus) turkumining 2 ta turi, qulupnay (Fragaria) turkumining 1 ta turi va tabiatda na'matak (Rosa) ning 10 dan ortiq turi o'sadi. Qulupnay - Fragaria O'simlik qisqa ildizpoyali, ko'p yillik popuk ildizchalarga ega. Barglari uch yaproqchaga bo'lingan bo'lib, uzun bandiga o'rnashgan. Poyachalarida mayda barglari va yerda yoyilib o'sishi uchun xizmat qiladigan bachki poyachalari ham bo'ladi. Gullari oq, ikki jinsli yoki bir jinsli, mevalari soxta rezavor. Mevasi tarkibida qand, organik kislotalar, mikro va makroelementlar, temir, fosfor va kalsiy mavjud. Malina - (Rubus idaeus) - rezavor meva va dorivor o'simlik sifatida ko'p ekiladi. Yallig'lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va terlatuvchi vosita sifatida ko'p ishlatiladi Maymunjon - (Rubus). (Parmanchak)-Bo'yi 50 sm dan 100 sm bo'ladigan buta o'simlik. Shoxlari jigarrang tusli tikanlar bilan qoplangan. Barglari qarama - qarshi joylashgan. Gullari mayda, ikki jinsli shingil to'pgulga yig'ilgan. Mevasi ko'p urug'li O'rta Osiyoda maymunjon daryo bo'ylarida tekislik va tog' to'qaylarda uchraydi. Itburun na'matak - Rosa canina L. Bo'yi 3 m gacha. Guli oq yoki pushti, qattiq, uchi biroz pastga egilgan, tubi uchburchak bo'lib yo'g'onlashgan. Barglari 5-7 yaproqli, yaproqlari oddiy yoki 2 karra o'tkir tishli, tuksiz, uzunligi 15-50 mm. Kosachabarglari uchburchaksimon, sirtdagilari qisman patsimon, uzunligi 2-3 sm, qalin tuklar bilan qoplangan, mevaning to'liq pishish davrigacha to'qilib ketadi. Mevasi 2-3 sm, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
65.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
65.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx