Reja: 1. Riniyasimonlar tuzilishi, ular eng daslabki yuksak o'simliklar ekanligi. 2. Bo'limning qazilma holda saqlangan vakillari. 3. Ularni o'rganishning ilmiy ahamiyati. Bu bo'limga mansub o'simliklar ildizsiz, poyasi dixatomik shoxlangan, bargsiz bo'lishi bilan xarakterlanadi. Shoxlarining uchki qismida bir xil sporalar beruvchi sporangiylar bo'ladi. Gametofitlari rangsiz, yer ostida rivojlanadi, bir uyli ya'ni anteridiy va arxegoniylari bitta tanada hosil bo'ladi. Spermatozoidlari ko'p xivchinli. Bu bo'lim vakillari ilk bor quruq muhitda o'sishga moslashgan eng qadimgi yuksak o'simliklardir. Ular gorizontal joylashgan o'q (ildizpoya) va undan yuqoriga qarab chiqqan shoxlardan tashkil topgan. Uchki qismida sporangiylar hosil bo'ladi. Bu bo'limga mansub o'simliklar bizgacha etib kelgan emas. Qadimgi geologik davrlarda yashab, so'ng yo'qolib ketgan. U 1 ta sinf va 2 ta qabiladan iborat. Bu o'simliklar Poleozoy erasining devon davrida qisqa vaqt yashagan xolos. Ular hozirgi vaqtda faqatgina qazilma xoldagina uchraydi. Ularga mansub turlar dastlab Shotlandiyadan topilgan. Keyinchalik esa ular boshqa joylarda ham yashaganligi ma'lum bo'lgan (Avstraliya, Xitoy, Shimoliy Amerika). Bu o'simliklarni ingliz olimlari Kidston va Langlar (1917-1924) batafsil o'rganishgan. Bu bo'limga kiruvchi o'simliklar orasida o'z davrida bir muncha keng tarqalganlaridan Rhynia major hisoblanadi. U tashqi va ichki tuzilishining soddaligi bilan xarakterlanadi. Bo'yi 50 sm, yug'onligi 5 mm bo'lib, botqoqliklarda o'sgan. Tanasining yer ostki qismi ildiz poyaga aylanib, rizoidlar hosil qilgan. Tananing markaziy qismi protostel tipida bo'lib, u kslema va floemadan tashkil topgan. Tana sirtdan epidermis bilan qoplangan. epidermisda og'izchalar joylashgan. Bularni bo'lishligi yuksak o'simliklar ekanligini bildiradi. Xorneya- Hornea. Bu xam riniyaga o'xshash o'simlik bo'lib, xar ikkisi xam bir xilda - botqoqliklarda o'sgan va ularni koldiqlaridan torf hosil bo'lgan. Xorneya tanasining biroz kichikligi, ildizpoyasi kalta va tuganakli bo'lishi bilan raniyadan farq kilgan. Bu ham bir xil kattalikdagi spora hosil qilgan. Tana tuzilishi xam raniyaga o'xshash. 1937 yili Lang tomonidan yana bir o'simlik Ko'ksoniya-Cooksonia Buyuk Britaniyadan topildi. Keyinchalik Chexoslovakiya, Markaziy Kozog'iston, AQSH, G'arbiy Sibirdan topilgan. Psilofiton- Psilophyton princes. Bu o'simlik Devon davri yotqiziklariga xos bo'lib, dastlab D. Dauson tomonidan 1859 yili o'rganilgan. Buning ham tanasi dixotomik shoxlangan, buyi 1-2 metrga etadigan yirik o't o'simlik. Tanasida barglar bo'lmagan, lekin bigizsimon o'simtalar bilan qoplangan. Bular ham bir xil sporalar hosil qilish yo'li bilan ko'paygan. Ichki tuzilishi ham oldingilarga o'xshab ketadi. Sporangiyalari shoxlarining uchki qismida bir nechta bo'lib joylashgan. Riniyassimonlarga mansub o'simliklar topilguncha qadar yuksak o'simliklar ichida «Yo'sinsimonlar eng qadimgi» deb hisoblangan. Keyingi riniyasimonlarni topilishi va ularni o'rganilishi yuksak o'simliklarning kelib chiqishiga, ularning filogeniyasini to'g'ri hal qilishga yordam beradi. Zoosteriofittoifalar bo'limi - Zoosterophyta Bu bo'lim o'simliklarini riniyatoifalardan farqi shundaki, bularning sporangiyalari shoxlarning ikki ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc