Sanoatda qo'llaniladigan moyli xom ashyolar. Moyli meva va urug'larga qo'yiladigan standartlar

Sanoatda qo'llaniladigan moyli xom ashyolar. Moyli meva va urug'larga qo'yiladigan standartlar

O'quvchilarga / Botanika
Sanoatda qo'llaniladigan moyli xom ashyolar. Moyli meva va urug'larga qo'yiladigan standartlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Moyli o'simliklarning qo'llanilishiga qarab guruhlarga bo'linishi. 2. Moyli urug'larga belgilangan davlat standartlarining bo'limlarga bo'linishi. 3. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o'simliklar. 4. Kungaboqar, tuzilishi va xossalari. 5. Masxar, tuzilishi va xossalari. 6. Paxta chigiti tuzilishi va xossalari. 7. Zig'ir tuzilishi va xossalari. Moyli o'simliklarning qo'llanilishiga qarab guruhlarga bo'linishi. xalq xo'jaligida ishlatilishiga qarab yog'li o'simliklar bir nechta guruhlarga bo'linadi. Agar o'simlik asosan yog' olishga mo'ljallangan bo'lib, kolgan mahsulotlar yog'ga nisbatan qiymatsizrok bo'lsa, ularni yog'li o'simliklar deb atash mumkin. Kungaboqar, kanakunjut, saflar, tung yog'li o'simlik deb ataladi. Ikkinchi guruhga tolali yog'li o'simliklar kiradi. Ulardan yog' olish bu o'simliklarni etishtirishning yagona maqsadi hisoblanmaydi. Tolali-yog'li o'simliklarga paxta, zig'ir, kanop kiradi. 1860 yilgacha paxta asosan tola olish uchun etishtirilgan, urug'lar esa paxta tozalash zavodlarining chiqindilari hisoblangan. Paxta chigiti 120 yildan beri yog' olish uchun ishlatilib kelinayotgan bo'lsada, uning yog'liligi uzgarmasdan kolgan. Chunki paxta seleksiyasi tola sifatini oishirishga qaratilgan. taqqoslash uchun kungaboqar urug'ini yog'liligi 30 yil davomida ikki marta oshirilganligini aytib utish mumkin. Zig'irning tola va yog' olish vazifalari bir biri bilan rakobatlashib kelmokda. texnik qiymatga ega bo'lgan zig'ir yog'i olishga intilish urug'lar yog'liligi oshirishga olib keldi. Uchinchi guruhga efiryog'li o'simliklar kirib, ularning urug'lari yog'lar bilan birga efir moylariga ham ega. Efir yog'li o'simliklar vakiliga koriandr kiradi. Yog'li o'simliklarning yana ikkita guruhi urug'lari yog'ga boy bo'lsada, urug'ni lipid bo'lmagan qismi xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Bularga birinchidan oson hazm bo'ladigan ozukaviy oqsillarga o'simliklar - oqsilli-yog'li o'simliklar (soya, eryongok); ikkinchidan lipid bo'lmagan qismidan ziravorlar olinadigan - ziravoryog'li o'simliklar (xantal) kiradi. Yog' olish uchun yog'li o'simliklar bilan birga yog'siz o'simliklarning yog'ga ega qismlaridan - bug'doy, sholi, makkajo'xori mo'rtagi, meva danaklaridan ham foydalanilmokda. Urug'lari yog' saqlagan sabzavotlar, mevalar va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlari yog'li qismlari ajratib olinadi va ulardan o'simlik yog'i olinadi. Don mo'rtaklaridan va meva danaklaridan yog' olish xajmi katta bulmasada, yog'li xom ashyolarning bu turlariga katta etibor karatilmokda. Moyli urug'larga belgilangan davlat standartlarining bo'limlarga bo'linishi. Yog'li xom ashyolarning - urug'lar va mevalarning sifati davlat standartlari sistemasi bilan ryog'lamentlanadi. Standartlarda qonunga ko'ra yog'li xom ashyolarga yagona texnik talablar, ularni saqlashga va qayta ishlashga tayyorlash texnologiyalari belgilangan. Yog'li urug'larning standartlari beshta bo'limni o'z ichiga oladi ta'riflar, tovar tasnifi, texnik shartlar, sifatini aniqlash uslublari, saqlash va transportirovkalash. Birinchi bo'limda urug'lardan foydalanish yo'nalishlari, ikkinchisida botaniq va morfologik belgilar, biologik xususiyatlari va etishtirish hududi xususiyatlariga qarab urug'lar va mevalarning turlar va xillarga ajratilgan tovar tasnifi keltirilgan. Urug'lar va mevalarning xar bir turida boshqa turdagi urug'lar miqdori 5, 10, 15% miqdorida belgilab quyilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 378.22 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 378.22 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga