19-§. SHAKLI O'ZGARGAN NOVDALAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Shakli o'zgargan novdalar yerosti va yerusti shakli o'zgargan novdalarga bo'linadi. Shakli o'zgargan yerosti novdalariga esa piyozbosh, tugunak, ildizpoya kiradi. Shakli o'zgargan yerosti novdalar muhim biologik aha-miyatga ega. Ular o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar to'playdi va ularning vegetativ yo'l bilan ko'payishi uchun xizmat qiladi. O'simliklar bargida boradigan murakkab biologik jara-yonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo'ladi va ular turli organlarda to'planadi. Bu moddalar o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o'simliklar piyoz-boshli o'simlik deyiladi. Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o'ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko'rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab mayda qo'shimcha ildizlar hosil bo'ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o'zgargan barglar), kurtaklarni ko'rish mumkin. Piyozning ana shu seret barglari shakli o'zgargan barglar bo'lib, ularning hujay-ralarida oziq moddalar to'planadi. Vaqt o'tishi bilan kurtak-dan barglar, gulpoya o'sib chiqadi. Gulpoya uchida to'pgul hosil bo'ladi. Demak, piyozbosh shakli o'zgargan yerosti novdadir. Tugunak va ildizpoyalar ham o'simliklarning shakli o'zgargan yerosti novdasidir. Tugunakli o'simliklarga ham-mamizga tanish bo'lgan kartoshka, topinambur kabilar kiradi. Ulardan eng ko'p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yerosti poyasidan hosil bo'ladi. U, asosan, yumaloq shaklda bo'lib, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o'xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda - ko'zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi. Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko'kara boshlaydi. Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. kurtaklarning ko'p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joy-lashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o'sa boshlaydi. Agar kartoshka tugunagi kesib ko'rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko'rish mumkin. Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko'karadi. Kraxmal boshqa o'simlikdagi singari barglarda hosil bo'lib, o'sha yerda shakarga aylanadi va po'stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to'planadi. Ildizpoya. Ildizpoyalarda qo'shimcha ildiz, shakli o'z-gargan barg va qo'shimcha kurtaklar bo'ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o'sib chiqadi. Ildizpoyali o'simliklarga esa g'umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiyaga o'xshash turlar kira-di. Ildizpoyali o'simliklardan g'umay bilan tanishamiz. U ko'p yillik yo'g'on ildizpoyali o't. G'umay sug'oriladigan ekinlarga katta zarar keltiradigan o'simliklardan hisoblanadi. Ildizpoya o'simlikning vegetativ ko'payishi uchun xizmat qiladi. Ildizpoyalarda ham ko'p miqdorda oziq moddalar to'planadi. Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx