MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (O'simliklar anatomiya va morfologiyasi, tuban o'simliklar) Mavzu: Shilimshiqlar va zamburug''lar bo'limi. Xitriomitsetlar Reja: 1. Shilimshiqlar to'g'risida umumiy tushuncha, ularning ko'payishi 2. Shilimshiqlarning vakillari, tarqalishi, ko'payishi 3. zamburug''lar bo'limi, klassifikatsiyasi 1.Miksomitset plazmodiyning bir qismi, 2. Sporasining o'sishi, 3. Zoosporasi Shilimshiqtoifalar - (Miksofitlar) Myxomycota bo'limi Shilimshiqlar tuban o'simliklarning bir guruhi bo'lib, sodda tuzilgan, saprofit va parazit oziqlanadigan o'simliklar kiradi. Shilimshiqlarning vegetativ tanasi plazmodiy deyiladi. Plazmodiy ko'p yadroli, tsitoplazma uyumidan iborat bo'lib, tashqi muhit ta'sirini bir butun holda sezadi. Shilimshiqtoifalar - (Miksofitlar) Myxomycota bo'limi Plazmodiy yolg'on oyoqlar chiqaradi yoki o'z moddasini harakatlantiradi, yorug'likdan qochib, ovqat va namlikka tomon harakat qiladi. Shilimshiqlarning plazmodiysi sekin oqib borib, qattiq ovqat bo'lakchalarini va organik modda qoldiqlarini aylanasiga o'rab oladi va ularni yutib hazm qiladi. Plazmodiy turli ranglarda bo'ladi, qaymoqsimon atalaga o'xshaydi. Ular hayotining ko'p davrini plazmodiy holda o'tkazadi. Shilimshiqlar sporalar yordamida ko'payadi. Sporalar hosil qilish oldidan plazmodiysi quruq yerga qarab siljiydi, substrat sirtiga chiqib, yolg'on oyoqlarini yig'ishtirib oladi va harakatdan to'htaydi. Tanasidagi suvini yo'qotib, quruq uyumga mevatanaga aylanadi. 1.sporangiy lar to'plami, 2. kapillitsiya sporalari Mevatana - mikroskopik sporalar etiladigan tsellyuloza po'stli sporangiylarga aylanadi. Sporangiy peridiy deb ataladigan qalin, strukturasiz tuzilgan qobiq va uning ichidagi sporalar hamda kapilitsiy deyiladigan spiral ipchalardan iborat. Sporangiylar qo'ng'ir, pushti sariq rangli sharsimon no'hotdek bo'lib, yakka - yakka bo'lmay, ko'pincha zich to'da hosil qiladi. Sporangiyning to'dasi etaliy deyiladi. Sporangiy etilishi bilan qobig'i parchalanib, ichidan qoramtir mikroskopik mayda, chang to'zon kabi sporalar chiqib tarqaydi. Sporalar qulay sharoitga, yani suvli, nam yerga tushishi bilan bir yoki ikki xivchinli zoosporalarga aylanadi. Birmuncha vaqt o'tgandan keyin zoosporalar xivchinini yo'qotib, bir yadroli protoplazma uyumi - amyoboid yoki miksoamyobaga aylanadi. Miksoamyobalarning hujayralari yolg'on oyoqlar chiqarib, siljiydi va bir - biri bilan qo'shiladi va ko'p yadroli umumiy plazmadiy yoki vegetativ tana vujudga keladi. Plazmadiy etilgandan so'ng, yana sporalar hosil qilishga o'tadi. Shilimshiqlarning ko'pchiligi saprofit bo'lib, chiriyotgan o'simlik qoldiqlarida, to'nkalarda, eski daraxt qobiqlarida va zax erlarda, o'simlik po'stloqlarida yashaydi. Likogala (Lycogala) plazmodiysi va mevatanasi qizil rangli. Tuxumsimon sporangiysi to'da - to'da bo'lib joylashadi. Likogala (Lycogala) etaliysining rangi sporalar etilganda pushti qo'ng'ir rangga kiradi. Peridiy (qobiq) yupqalashadi va juda osonlik bilan yorilib, sporalar otilib chiqadi. Etaliy ichida soxta kapilitsiy (spiralsimon ipchalar) bo'lib, uning shakli shoxlangan ipga o'xshaydi. Likogala (Lycogala) ham to'nkalarda, chiriyotgan daraxt tanalarida, yerdagi o'simlik chirindilarida yashaydi. A - etaliy; B - voyaga etgan etaliyning kesmasi; V - soxta kapillyatsiya ipi G - sporalar ShILIMShIQLAR PARAZIT ShILIMShIQLAR zamburug''lar (Myxomycota) bo'limi zamburug''lar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.49 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.49 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx