Reja: SHolining halk hujaligidagi ahamiyati. Kelib chiqishi, tarqalishi va ekin maydonlari. Sistematikasi, biologiyasi va navlari. SHolini almashlab ekishdagi o'rni, o'g'itlash va yerni ekishga tayyorlash. SHolini ekish. Urugni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, usullari va me'yorlari. SHolini parvarish qilish va yigishtirib olish. 1.yer yuzidagi kupchilik mamlakatlarda eng asosiy va qadimgi ozik-ovqat ekini hisoblanadi. Guruch odam organizmi uchun foydali, tez hazm bo'ladigan ozik hisoblanadi. Uning tarkibida odam organizmi uchun zarur bo'lgan ozik moddalar: uglevodlar ko'p, lekin oqsil, moy, klechatka va kul moddalari kam bo'ladi. SHoli oklanganda 60-65% guruch, 10-15% kepak va guruch mo'rtagi, 2025% kiltik va boshqa mahsulotlar chikadi. Oklangan sholi guruchining ta'mi yahshi bo'lib, yengil hazm bo'ladi, parhez ovqat mahsuloti hisoblanadi. Kaynatilgan guruchi esa shifobahshlik xususiyatiga ega. SHoli krahmali to'qimachilik, parfyumeriya va meditsina sanoatlarida katta ahamiyatga ega. Guruch mo'rtagidan sovun ishlab chiqarish uchun va sham ishlab chiqarish uchun moy olinadi. SHoli poholi sifatli qog'oz va karton, arkon va kop-kanor ishlab chiqarish, shuningdek, uy-ruzgor buyumlari ( savat, shlyapa va boshqalar) to'qish uchun ishlatiladi. Tuyimliligi bo'yicha u bugdoy somonidan ustun turadi. 1 kg poholi 0,24 ozik birligiga teng bo'lib, tarkibida 22 g protein bor. SHoli yerning meliorativ holatini yahshilovchi ekindir. SHoli poyalarga uzoq vaqt suv bostirilib kuyilishi natijasida yerning shuri yuviladi. Natijada bunday erlarga guza va boshqa ekinlar ekish imkoni tugiladi. 2. SHolining kelib chiqish vatani markaziy janubiy Osiyo hisoblanadi. Akademik P.P.Vavilov sholi Hindistondagi madaniy ekinlardan kelib chikkanligi haqida yozadi. SHoli dunyoning 108 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo'yicha sholining 90 % Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlarda etishtiriladi. FAO ning 1991 yilgi ma'lumotlariga karaganda Xitoyda 33,1 mln.ga, Hindistonda 42,2 mln.ga, Indoneziyada 10,2 mln.ga, Bangladeshda 10,9 mln.ga, Vetnamda 63 mln.ga, Birmada 4,8 mln.ga, YAponiyada 2,0 mln.ga, Filipinda 3,4 mln.ga, Braziliyada 4,4 mln.ga maydonga sholi ekiladi. O'zbekistonda esa 1995 yilda 154,1 ming ga, 1996 yilda esa 176,6 ming ga maydonga sholi ekilgan. SHoli donli ekinlar orasida eng hosildor ekin hisoblanadi. 1991 yilda sholining butun dunyo bo'yicha o'rtacha hosildorligi 35 ts ni tashkil etgan. Ayrim mamlakatlarda sholining o'rtacha hosildorligi gektaridan 57-75 ts ni tashkil etgan. Eng yuqori hosil etishtiradigan davlatlarga Jan.Korea 75 tsqga, Misr 73 tsqga, AKSH 63 tsqga, SHim. Korea 62 tsqga, YAponiya 59 tsqga, Xitoy 57 tsqga va boshqalari kiradi. O'zbekistonda sholi hosildorligi keyingi 5 yillikda o'rtacha 30-35 tsqga ni tashkil etgan. 4. SHolining Oruza sativa L. deb ataladigan madaniy navi 2 ta kenja turga bulinadi: oddiy sholi-ssp.communis Gust. va kalta donli sholi- ssp.brevis Gust. Birinchisi donining buyi 5-7 mm, ikkinchisiniki 4 mm gacha bo'ladi. Mamlakatimizda asosan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.11 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.11 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc