49-§. SHO'RADOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bu oilaga deyarli hamma qit'alarning sahro va cho'llarida, qumlarda va sho'rtob yerlarda o'sadigan 1500 turga oid daraxtlar, butalar, yarim butalar, ko'p yillik, ikki yillik va bir yillik o'tlar kiradi. Bu o'simliklar ko'pincha etdor-sersuv bo'ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o'rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo'qolib ketgan-lari ham bor. Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to'g'ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba'zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to'pgulda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni oddiy, kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon barg-chalardan tashkil topgan yoki gulqo'rg'on butunlay yo'qolib ketgan. Changchilari 2-5 ta. Urug'chisi 2-5 mevabargdan iborat. Mevasi asosan yong'oqcha. Sho'radoshlar-ning keng tarqalgan vakillaridan bird oddiy lavlagidir Oddiy lavlagi - lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o'simlik. U urug'dan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo'g'onlashgan ildiz (ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli, sershox, uchi to'pgullar bilan tugovchi novda vujudga keladi. U may oyida gullaydi. Gullari mayda. Sho'radoshlarga mansub ismaloq turkumining O'zbe-kistonda 2 turi o'sadi. Ulardan biri rezavor ismaloq bo4lib, u ziravor o'simliklar qatorida ekiladi. Rezavor ismaloq bir yillik o'simlik, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Ikkin-chisi Turkiston ismalog'i. U bir yillik, ikki uyli begona o*t Qumli cho'llarda saksovul turkumiga oid oq va qora sak-sovul o'sadi. Bulaming ikkalasi ham uncha yirik bo'Imagan daraxtlardir. Barglari juda mayda. Saksovullar martning oxiri - aprelning boshlarida o'sa boshlaydi va gullaydi. Sen-tabrning ikkinchi yarmidan boshlab saksovullarning yon-g'oqcha mevalari yetiladi. 5 ta gulqo'rg'on bargchalardan qanotchalar hosil bo'ladi Saksovul barglarining mayda, tangachasimon bo'lishi va bir yillik novdalardan bir qismining to'qilishi uning issiq va quruq cho'l sharoitida yashashga moslashganhgining belgisidir. Saksovulning poyasi qimmatbaho yoqilg'i, bir yillik novdalari va mevalari chorva mollari uchun ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari, saksovullar ko'chma qumlarni mustahkamlashda keng qo'llaniladi. Sho'radosUarning aksariyat tur. Saksovul fori gipsli va sho'rli cho'l o'tloqlaridagi asosiy yem-xashak o'simliklari qatoriga kiradi. Savol va topshiriqlar Sho'radoshlar oilasi vakillarining gul tuzilishi qanday? Sho'radoshlar oilasiga mansub o'simliklarni ayting. Lavlagining guli va mevasi qanday tuzilishga ega? Saksovul haqida nimalarni bilasiz? Sho'radoshlar oilasi qishloq xo'jaligida qanday ahamiyatga ega? Sho'radoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklardan qaysilarini bilasiz? Sho'radoshlar oilasi Bu oilaga deyarli hamma qit'alarning sahro va cho'llarida, qumlarda va sho'rtob yerlarda o'sadigan 100 dan ortiq turkumga mansub, 1500 turga oid daraxtlar, butalar, ko'p yillik, ikki yillik va bir yillik o'tlar kiradi. Bularning ko'pchiligi cho'llarda o'sadi. Bu o'simliklar ko'pincha etdor - sersuv bo'ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o'rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo'qolib ketganlari ham bor. Gullari mayda, yashil ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.98 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.98 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx