Sitoembirologiyaning amaliy jihatlari Reja: Urug'lanish Duragay mo'rtak va endospermni hosil bo'lishi Duragay o'simliklar Sitoembriologiyaning genetika va seleksiyadagi ahamiyati Sitoembriologiyaning amaliy tamoyillari O'tgan ikki asrga yaqin vaqt davomida xorij olimlari va Respublikamizdagi o'simliklar sitoembriologiyasi sohasidagi mutaxassislar turli sistematik guruhlarga mansub o'simliklarda bu jarayonni har tomonlama o'rganganlar. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar chang donasi, chang nayi hosil bo'layotgan davrdagi po'stining tuzilishi, sitoplazmaning tabiati, uning asosiy elementlari: spermiylar, vegetativ yadro tuzilishi, shuningdek RNK va oqsil sintezi kabi jarayonlarni batafsil o'rganishga qaratilgan. Chang nayini in vitro usulida o'rganishda uning o'sish va rivojlanishida haroratning va namlikning ta'siri, chang donalari o'sayotgan vaqtdagi o'zaro aloqalar hamda bu jarayonni tezlashiruvchi omillarning munosabatlarini ko'p yillar davomida olimlar o'rgangan. Hozirgi kunga kelib, chang donalarini unib o'sishi, chang nayini urug'chi tugunchasida o'sishini muffasal o'rganishda mikroskop texnikasining barcha imkoniyatlari qo'llanilgan. Bu o'rinda lyuminessensiya, kontrast mikroskopiya uslublari yordamida chang nayini urug'kurtakgacha yetib borish jarayonlarini to'la holda tadqiq etish imkoniyatlariga ega bo'lindi. Mutanosib va nomutanosib chatishish holatlarida chang nayini o'sishini o'rganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Chang donasi va chang nayini me'yorida o'sishi, urug'lanish jarayonini normal kechishidagi muhim omillardan biridir. Bu jarayon tashqi muhitning noqulay sharoiti, shuningdek boshqa omillar ta'sirida hamma vaqt ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Shu boisdan chang nayini o'sish jarayonini bosqichma-bosqich o'rganish, ularning o'sishida anomal o'zgarishlarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. O'simliklarning serhosil yoki boshqa bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'lgan istiqbolli navlarini yaratishning keng tarqalgan usuli bu - duragaylashdir. Chatishtirishni samarali tarzda amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan bir qancha sabablar bor. Ular quyidagilar: 1) chatishtiriladigan o'simliklarda changlanish vaqtlarini to'g'ri kelmasligi yoki ota-ona o'simliklarini o'zaro yaqin joylarda bo'lmasligi; 2) chang donasini unmasligi; 3) chang nayini o'sishidagi ro'y beradigan anomal o'zgarishlar. I. O'simlik o'sayotgan atrof-muhit sharoiti harorat, va yorug'likni o'zgartirish orqali birinchi noqulayliklar ota-ona o'simliklarda ro'y beradigan gullash vaqtlarini qisman yaqinlashtirish imkonini beradi. Bu qiyinchilikni bartaraf etishda eng samarali usullardan biri, chang donalarini hayotchanligini uzoq vaqt saqlab turishdir. Bu usul bilan gullash davrlari turli vaqtlarda ro'y beradigan va hatto turli geografik mintaqalarda o'sayotgan o'simliklarda ham chatishtirishni amalga oshirish mumkin. Hozirgi kundagi mavjud havo oqimi bilan chang donasi bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga, dunyoning bir qismidan ikkinchi qismiga qisqa vaqt ichida yetib boradi. Tabiiy sharoitda chang donasi bir necha kundan bir haftagacha hayotchanligini saqlaydi. Ba'zi o'simliklarning chang donalari bir necha soat hatto daqiqalar davomida hayotchanligini saqlay oladi xolos. Laboratoriya sharoitida chang donasining hayotchanligini saqlab, hayotiy davrini uzaytirish mumkin, chang donasini saqlashning eng oddiy usuli eksikatordagi kalsiy xlorid bilan birga saqlab chang donalarini hayotchanligi 18 kundan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc