Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi Reja: 1. Kirish. 2. Sitologiyaning mazmuni va uning vazifalari. 3. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Sitologiya so'zi (lotincha-cellulla, yunoncha-cutos) hujayra haqidagi (logos-fan) ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. hujayra-o'simlik va hayvon organizmlarining takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo'lib hisoblanadi. Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi, hujayralarning hosil bo'lib, doimo yangilanib turishi, irsiy belgilarning ijro etilishi, nasl qoldirishi va organizmni tashqi muhit bilan bog'lab turish hujayraning harakaterli xususiyatidir. Sitologiya fanining asosiy vazifasi-hujayraning tuzilishi, funksiyasi, ularda moddalar almashinuvi, rivojlanishi, ko'payishi va kelib chiqishni tashqi muhit munosabatiga bog'langan holda o'rganish va samarali yutuqlarini xalq xo'jaligida tadbiq etishdir. Bo'lajak har bir biolog juda ko'pgina biologik fanlarni o'rganadi va bu fanlarning hammasi tirik organizm xususiyatlarni o'rganadigan fanlar bo'lib, bu organizmlarning asosiy tuzilish birligi hujayralardir. Shunday ekan biz o'rganadigan sitologiya ana shu hujayralar to'g'risida bo'lib, bu fanlar bilan bevosita bog'liqdir. Ayniqsa gistologiya, embriologiya, anatomiya, fiziologiya, biokimyo, biofizika, genetika va molekulyar biologik fanlar bilan uzviy bog'liqdir Sitologiya fani ham, boshqa fanlar kabi, tabiatning obyektiv qonuniyatlarini o'rganishda zamonaviy falsafa, dialektik tushuncha asoslari bilan bog'liq holda o'rganiladi. hujayraning taraqqiyotini va tuzilishini o'rganish CH.Darvinning evolyusiya ta'limotiga asoslanib olib boriladi. Tirik organizmning tanasini hosil qiluvchi hujayralar tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka erishgan, organik tabiat yaratgan evolyusion jarayonning mahsuli deb qaraladi. hujayra faoliyatini o'rganish tashqi muhit bilan uzviy bog'liq bo'lgan organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Sitologiyani o'rganish va sitologik o'rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo'jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng ko'lamda qo'llaniladi. Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o'rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasaliklarni aniqlashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Shunday ekan bu sohada sitologik tekshuruv usullari va bu fanning yutuqlar katta o'rin tutadi. Qishloq xo'jalik ekinlari va hayvonlarini o'rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo'lib hisoblanadi.Albatta bu borada genetika va seleksiya asoslari fanida batafsil to'xtalinadi. Umuman olganda Sitologiya fanining xalq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeniriyasi kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda. Sitologiya fani o'z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni qo'yadi: 1-hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish; 2-o'simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog'liq o'zgarishlarni o'rganadi; 3-hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini aniqlashtiradi; 4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta'sirida tirik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.21 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.21 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc