Reja: 1.Sitrus ekinlarining rak kasalligi 2. Sitrus ekinlarining malsekko kasalligi 3. Sitrus ekinlarining virus kasalliklari 4. Sitrus ekinlarining tristesa kasalligi Sitrus ekinlarning mevalarini ko'rikdan va ekspertizadan o'tkazish Sitrus ekinlarning mevalarni ko'rikdan o'tkazishning asosiy maqsadi o'rta yer dengizi meva pashshasi yoki alaqanotlilar oilasiga mansub boshqa pashsha turlari uchraydi. Chet el mamlakatlaridan olib kelinadigan apelsin, limon va boshqa sitrus ekinlarning katta tovar partiyali mevalari odatda standartli yog'och yoki plastik qutichalarda joylashgan bo'ladi. Mevalarning soni quticha yon qismida yozilgan bo'ladi, undan keyin har bir qutida mamlakatning nomi yozilgan bo'ladi. Bir tovar partiyada har xil turdagi mevalar bo'lishi mumkin, bu esa ushbu mevalarni mamlakatning boshqa-boshqa mintaqalardan yig'ilganligidan dalolat beradi. Yuqorida qayd etilgan va ko'p yillik amaliyot asosida quyidagi karantin ko'rigi o'tkazish qoidalari o'rnatilgan: ko'rik uchun tovar partiyadagi 2-4 quti har xil kattalikdagi mevalar olinadi. Odatda bu vagon partiyasining 12-15 tashkil etadi. Ko'rik va ekspertiza quyidagicha o'tkaziladi: Omborxonaning qulay joyida stol- lotok o'rnatiladi. Stol- lotok chetlari ko'tarilgan tekis yog'ochdan yasalgan sathdan iborat bo'lib, uning usti mustahkam rulon qog'oz bilan qoplanadi. Yorug'lik yaxshi bo'lishi kerak, odatda 250 vatlik lampa 1,5 m balandlikda stol - lotok ustidan o'rnatiladi. Karantin inspektorga yordam berish uchun 3 - 5 ta ishchi berkitiladi. Ular qutilarni almashtiradi, shtabellardan boshqa qutlarni inspektorga yetkazadi va ular o'zlari inspektor instruktajidan keyin bevosita ko'rikda ham qatnashadi. Ko'rik uchun olinadigan qutilarni tanlash jarayonida inspektor shtabellarni, ularning taglarini, quti usti va orqalarini kuzdan kechiradi, topilgan zararkunandalarni probirkalarga yig'adi. Qutilarning har xil teshiklarida o'rta yer dengizi pashshasi lichinkalari bo'lishi mumkin. Karantin inspektori va uning yordamchisi shtabellar, tara va xonalarni yuzaki kurigini o'tkazgandan keyin, bevosita mevalarning ko'rigiga o'tadi. Ochish uchun mo'ljallangan qutilar navbati bilan ochiladi. Stol-lotokning o'rtasiga ochilgan quti mevalari tuqiladi va har bir meva sinchikovlik bilan tekshiriladi. Qutini va uning qopqog'ini, inspektor diqqat bilan tekshiradi, chunki ularning teshik va kovaklarda yashirinib yotgan o'rta yer dengizi pashshasining pupariylari topilishi mumkin. Agar hamma mevalar papiros qog'oziga o'ralgan bo'lsa, unda qog'ozni ehtiyotkorlik bilan ochib, mevadan chiqishi mumkin bo'lgan pashshaning puporiylari va lichinkalarini probirkaga yig'ish kerak. Har bir meva har tomondan tekshirilib ko'rilishi kerak. Zararkunandaning belgilari yo'q mevalar qutilarga alohida teriladi. Bitta qutining mevalari ko'rikdan o'tkazilgandan keyin tagida tushalgan qog'oz sinchiklab tekshiriladi. Zararkunanda topilmasa keyingi qutichadagi mevalar ko'rik uchun stol - lotokga to'qiladi. Shu tarzda ko'rik uchun mo'ljallangan hamma qutilar ko'riladi. Agar o'rta yer dengizi pashshasining biror nusxasi topilsa o'sha zahoti ko'rik to'xtatiladi. O'rta yer dengizi pashshasi lichinkalari tomonidan sitrus mevalarning zararlanishi asosiy belgilari qo'yidagilardir: - Mevalarda kulrang yumshoq joylarning mavjudligi - Yumshoq ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc