Sitrus o'simliklar Sitrus avlodi rutedoshlar oilasiga kiradi va 33 avlod, 250 turni o'z ichiga oladi. Bular yovvoyi holda asosan Osiyodagi, Zond arxipelagi va boshqa yerlardagi musson shamoli esadigan joylarda o'sadi. Vakillari boshqa joylarda uchramaydigan o'ziga xos, rezavorsimon meva tugadi. Mevasi po'stli yoki qalin etli bo'ladi. Ular meva barglarining ichki devorlarida sersuv o'simliklar shaklida hosil bo'ladi. Madaniy sitrus o'simliklar mevasi uch qavatdan tu zilgan. Tashqi qavati qalin, tig'iz, zarg'aldoq rangda bo'lib, unda efir moylari saqlanadigan ko'p hujayrali bo'shliqlar mavjud. Ichki qavati (endokarniy) yoki mevaning eti pallaga bo'lingan va har bir pallasi po'stga o'ralgan. Bu pallalar urchuqsimon ko'pgina o'siqlardan hosil bo'ladi, bu o'siqlar shira xaltachalari deyiladi, ular guj shira massasini hosil qiladi. hujayra shirasi tarkibida shakar, organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud bo'ladi. Bularga limon, apelsin, mandarin, greypfrut kiradi. Sitrus mevalarda urug'lar miqdori har xil bo'ladi. Ayrim navlari urug'siz, boshqa navlari esa juda serurug' bo'ladi. O'zbekistonda sit rus o'simliklar har xil shakldagi usti yopiq joylarda ekib o'stiriladi. Ularni ikki asosiy tipga birlashtirish mumkin. Qish davrida isitilm aydigan usti yopiq joy va sovuq vaqtda isitiladigan usti yopiq joylarda yetishtiriladi. Issiqxonalarda isitish tizimi bo'lganligidan yil ning sovuq davrida sitrus o'simliklarini parvarish qilishning termik sharoitini tartibga solish mumkin. Transheyalarda qish oylaridagi termik rejim yerning va transheyalarda usti yopilgan konstruksiyalarning issiqlik berishiga qarab aniqlanadi. Sitrus o'simliklar transheyalarda issiqxonalarga qaraganda anchagina qattiq sharoitda o'sadi. Sitrus o'simliklarning guli barglar qo'ltig'ida yoki yosh novdalar uchida yakka yoki kichik shingil hosil qiladi. Avval uchida gul shakllanadi, so'ngra hosil novdasi o'sa borgan sari barglar qo'ltig'idagi gullar shakllanadi. Ancha kuchli o'sadigan novdalarda qo'ltiq kurtaklar kam hosil bo'ladi. hosildor novdalar bargining hammasi meva kurtaklari yozilishidan oldin shakllanadi, vegetativ kurtaklarda esa kuzatilmaydi, hosildor va vegetativ novdalarning o'sishi, gul kurtaklarining oldinketin hosil bo'lishi va shakllanishi bir vaqtga to'g'ri keladi. Sitrus o'simliklarning bargi bir yildan uch yilgacha yashnab turadi. Qarigan barglar o'rnini asta-sekin yosh barglar egallaydi, shuning uchun ular doim yashil ko'rinishda bo'ladi. Bir yoshdan katta barglari hosil tugishida ko'proq ahamiyatga ega. Chunki ular zaxira moddalar to'planadigan joy hisoblanadi. Shuning uchun bunday barglarning saqlanib turishi mo'l hosil olishda juda muhim ahamiyatga ega. Qishlash davrida sharoit noqulay bo'lib, barglari to'qilib ketsa, o'simliklar yangi barg chiqaradi, lekin shu yili hosil bo'lmaydi. Sit rus o'simliklari usti yopiq joyda o'stirilganda ularning shox-shabbasining ixcham turishiga nisbatan qattiq talablar qo'yiladi. O'zbekistonda sitrus o'simliklar tarqalgan yildan boshlaboq R. Shreder nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti Markaziy eksperimental bazasida, janubiy O'zbekistonda tajriba stansiyasida va uning Namangan tayanch punktida transheya va issiqxonalarda ilmiy ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.92 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.92 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx