Stel nazariyasi Reja: Stel nazariyasi Barg tuzulishi Stel (yunon. s t e l a - ustuncha) - o'zaklarning kelib chiqishi va tuzilishi, evolyutsiyasi hakdtsaga nazariyaning asos-chisi fransuz botanigi Van Tigeddir. U ildiz perisiklini o'rab turuvchi birlamchi to'qimalar yig'indisini stela deb atadi. Keyinchalik poya perisiklidan keyingi barcha o'tka-zuvchi va boshqa to'qimalar to'plamini stela deb hisobladi. Stelning eng sodda va qadimgi xili - gaplostela (yunon. gaplos - oddiy, sodda) yoki protosteladir (yunon. protos - birinchi). Gaplostelada floema ksilemani yax-lit o'rab turadi (68-rasm). Stelning bu xili riniofit-larda va bir qancha sodda o'simliklar poyasida uchragan. Yuksak sporali o'simliklarning bazilarida hozir ham gaplostelauchraydi. Aktinostela (yunon. aktinos - nur)-da ksilema yulduzsimon bo'lib joylashadi, bu shakldagi stela sodda tuzilishga ega bo'lgan o'simliklarga (plaunsi-monlarda, qirilib ketgan qirqbo'g'imlarda) xos belgidir. Novda yon organlariga o'tadigan o'tkazuvchi bog'lamlarning hosil bo'lishi aktinostelning shakllanishiga olib kel-gan. Bundan tashqari aktinostella ksilema va floema o'z atrofidagi boshqa to'qimalarga ko'proq tegib turadi, na-tijada moddalarning o'tishiga imkon yaratadi. rasm. Stel evolyutsiyasi: 1 - gaplostela, 2 - aktinostela, 3 - ildiz steli, 4 - sifonostela, 5 - diktiostela, 6- eustela, 7 - etaktostela, ksilema qora rangda ko'rsatilgan. Sifonostel (yunon. sifon -naycha)da o'zak paydo bo'ladi. Sifonostelning shakllanishi bilan yirik orga-nizmlar hosil bo'lgan. Ksilemaning qirg'oqda joylashi-shi va naysimon tuzilishining vujudga kelishi poyani yanada chidamli bo'lishga olib keldi. Taraqqiyotning keyingi davrlarida diktiostela (d i k -tion - to'r), eustela (yunon. eu - yaxshi, haqiqiy)lar hosil bo'lgan. Diktiostela qirqquloklarga xos, ularda kam-biy bo'lmaydi (68-rasm, 5). Eustela esa urug' hosil qila-digan o'simliklarga xosdir (68-rasm, 6). Stel evolyutsiyasining oxirida birpallali o'simlik-larda ataktostela (yunon. a - inkor; t a k t o s - tartib bilan joylashish) hosil bo'lgan. Unda kambiy bo'lmaydi va nay-tola bog'lamlar juda murakkab joylashgan. Barg Bargning hosil bo'lishi va rivojlanishi. Barg novda-ning yon organi. O'simliklarning birinchi vegetativ bar-gi urug'palla bo'lib, u aneks uchi novda paydo bo'lmasdan oldin mo'rtak tanasining takomillashishidan yuzaga ke-ladi. Keyin hosil bo'ladigan primordial barg novdaning o'sish konusidagi meristemadan akropetal tartibda ekzo-gen bo'rtmalar yoki do'mboqchalar ko'rinishida vujudga ke-ladi. Avvalo uning protoderma yoki boshlang'ich epiderma hujayralari bir xil (antiklinal) bo'linadi. Keyincha-lik hosil bo'lgan do'mboqchalar differensiyalanib (lot. tafovut, farq) ikki: yuqori (apekal) va pastki (bazal) qismlarga bo'linadi. Bunda apekal, bazal qismga nisba-tan tez o'sadi. Ninabarglilar va bir pallalilar piri-mordialining katgaligi 0,3 mm, ikki pallalilarniki esa 7-10 va bazan 15 mm ga (bazi butguldoshlarda) etadi. Shundan keyin primordiyning apeki o'sishdan to'xtaydi. Uning marginal (chetki) meristema hujayralari interka-lyar (lot. interkalyars - joylashtirish) o'sishdadavom etadi. Boshlang'ich bargning interkalyar o'sishini Afrika sahrolarida o'suvchi ajoyib velvichiya ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
429.15 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
429.15 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: doc