Stress omillar va ularga o'simliklarni javob reaksiyalari

Stress omillar va ularga o'simliklarni javob reaksiyalari

O'quvchilarga / Botanika
Stress omillar va ularga o'simliklarni javob reaksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Stress omillar va ularga o'simliklarni javob reaksiyalari Reja; O'simliklarni noqulay sharoitga chidamliligi. O'simliklarni chiniqtirish. O'simliklarning sho'rga chidamliligi O'simliklarning issiqqa va qurg'oqchilikka chidamliligi O'simliklarning noqulay omillar ta'siriga javob reaksiyasi turlari. O'simliklarni noqulay sharoitga chidamliligi. O'simliklarni chiniqtirish O'simliklar hosiliga turli noqulay sharoit salbiy ta'sir etadi. Bular: sovuq va issiq, qurg'oqchilik va o'ta namgarchilik, tuproqning sho'rlanishi va kasalliklar. O'simliklarni himoya qilish uchun yuqorida ko'rsatilgan omillar ularga qanday ta'sir etishini bilish kerak. Ituzumdosh o'simliklar asosan MDH ning ob-havo sharoiti tez va kuchli o'zgarib turadigan janubiy tumanlarida ekiladi: ayrim davrlarda yog'ingarchilik kam bo'lishi va salqin nam havoning issiq quruq havoga almashinuvi, ko'pincha bahorgi va xatto yozgi salqin kuzatiladi. Ko'chatlar dalaga ekilgandan keyin past haroratda o'sadi. Noqulay o'sish sharoiti moddalar almashinuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa, o'simliklar sekin o'sishiga va hosil kamayishiga sabab bo'ladi. Sovuqqa chidamlilik. O'simliklarning sovuqqa chidamlilik tabiati, yani past (+3ºS - +7ºSda) haroratda zararlanishi va nobud bo'lishi kam o'rganilgan. Sovuqqa chidamli turli xil sabzavot o'simliklari normal va noqulay sharoitda o'sganda, ildiz sistemasining yerga qancha chuqur kirib o'sishi bilan farq qiladi. Sovuq tuproqda sovuqqa chidamli sholg'om va turpning ildizi 70-80 sm gacha chuqur kirib o'sadi, issiqsevariniki faqat 25sm gacha kiradi. Past haroratda tuproqdan suv kirishi sekinlashadi, natijada ular so'liy boshlaydi; bunda o'simliklar tanasiga oziq moddalar kirishi sekinlashadi, xlorofill parchalanadi, barglardagi fotosintez va so'rish kuchi pasayadi. Issiqsevar o'simliklar uzoq vaqt sovuqda qolsa, ularda organik moddalarning parchalanish jarayonlari kuchayadi, natijada parchalanish va sintez jarayoni bir-biriga mos kelmay, nafas olishdagi energiya olinishi bilan uning istemol qilinishining bog'liqligi uziladi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida o'simliklar nobud bo'ladi. Past haroratning ta'sirida tsitoplazmaning quyuqligi oshadi, moddalar almashinuvi izdan chiqadi va protoplazma hamda xloroplastlarning submikroskopik tuzilishsi buziladi. Shunday qilib, past haroratda o'simliklarning tuproqdan va havodan oziqlanish tartibi buziladi, natijada ular nimjonlashib, turli kasalliklarga: fiziologik so'lish, bakterial va virus kasalliklariga beriluvchan bo'lib qoladi. Urug'dan o'stirilgan, o'zgaruvchan haroratda rivojlangan o'simliklar yuqori fiziologik hossalari va past haroratga yaxshi 16 kun davomida past harorat bilan moslashganligi bilan farq qiladi ishlov berilgan bo'rtgan urug'lar ancha erta unib chiqqan, ildizi va maysalari yaxshi o'sgan, kontrol o'simliklarga nisbatan barglarida shakar ko'p bo'lgan. Barglarida xlorofill, mevalarida quruq moddalar va organik kislotalar ko'p bo'lgan. 8 soatlik past harorat kamlik qilgan, - 4ºS dan past haroratda 4 kundan ortiq ishlov berish o'simliklarning o'sishini to'xtatgan va umumiy hosilini kamaytirgan. Chiniqtirilgan o'simliklarda sovuq davrda fotosintez bir necha marta yuqori bo'lgan. A.Ye. Voronova usuli bo'yicha bo'rtgan urug'larni o'zgaruvchan haroratda chiniqtirish o'simliklarning o'sishini tezlashtiradi va hosilini oshiradi. Ko'chatlarni 7-10ºS dan past bo'lmagan haroratda yana chiniqtirish kerak. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga