Subtropik o'simliklar va rezavor. Yong'oq mevalilar МЕVАLAR MORFOLOGIYASINI O'RGANISH Ishning maqsadi: Talabalarni subtropik meva ekinlarining yer ostki va yer ustki qismlari tuzilishi, o'sishi va rivojlanishi bilan ta nishtirish. Material va jihozlar: Turli yoshdagi subtropik meva ekinlarining ko'chatlari, ular ning yer ostki va yer tistki qismlarini ko'rsatuvchi jadvallar, gerbariy materiallari. А. Ribakov, S. Ostrouxova. O'zbekiston mevachiligi. - T.: O'qituvchi. - 1981, 48-61-betlar. Qisqacha tushuntirish: Subtropik mevali o'simliklar guruhiga anor, anjir, xurmo, chilonjiyda kabi o'simliklar kiradi. Anor. O'zbekistonda anor qadim zamondan beri yetishtirilib kelinmoqda. Anor avlodiga ikkita tur kiradi. Mevasining tarkibida 14-21 foiz qand, 0,8-4 foiz kislota mavjud. Anorning gullash davri uzoqqa cho'zilib, gullari ko'p, yirik va qizil rangli bo'lgani tufayli, u ajoyib dekorativ o'simlik bo'lishi ham mumkin. Anor bo'yi 2 m dan 5 m gacha bo'lgan ko'p shoxli kichikroq daraxt yoki buta hisoblanadi. Anor daraxtining yer ustki qismlari har 10-15 yilda kesib tashlanadi, chunki bu paytga kelib u qariydi va hosili kamayadi. Ildizlari baquvvat, ko'p tarmoqlangan va uzoq vaqt yashaydigan bo'ladi. Shoxlari tikanli, nordon anorlarning tikani shirin anorlarnikidan ko'p bo'ladi. Gullari yirik. Mevasida 6-12 ta uya bo'lib, juda ko'p donalari bo'ladi. 19-rasm. Anor. Anjir. Anjir o'simligining «Kazaki anor» navi. avl o diga 100 ta gacha tur kira- di. O'zbekistonda anjir, asosan, farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatida keng tarqalgan. Anjir daraxtining bo'yi 4-15 m gacha, shoxlari qalin, tarvaqaylab o'sgan bolib, sutsimon o'tkir shirasi bor. Ildizi tuproqqa 6 m gacha chuqurlikka ketadi. juda ko'p ildiz bachkilari chiqaradi. Anjir gullari mayda, bir jinsli, nok shaklida to'pgul hosil qilib, gullar joylashgan. Anjir da- raxti boqqa o'tqazilgandan so'ng 2-3-yili hosil qila boshlaydi. O'zbekistonda anjirning Kadota navi va Qora mahalliy shakllari keng tarqalgan. Xurmo. Qimmatli subtropik o'simliklardan biri bu xurmo hisoblanadi. Xurmo daraxtining avlodiga 200 ga yaqin tur kiradi. Xurmo ning 800 dan ortiq navi mavjud. Daraxtining bo'yi 10-16 m ga yetadi, uzoq yashaydi, gullari o'tgan yilgi novdalarning ko'klamda chiqargan yosh novdasi uchida hosil bo'ladi. Mevasi yirik, seret bo'lib og'irligi 400 gr gacha bo'ladi. Xurmo daraxti, asosan, kurtak yoki qalamchasini payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi. O'zbekistonda asosan Hiakumi, Zendji Maru, Vaxshs kiy kabi navlari ekilib, ulardan 150-180 sga hosil olinadi. Chilonjiyda yoki unabi. Uning 50 ta turi mavjud. Chilonjiyda kichik daraxt va buta bo'lib 21.rasm. Xurmo. o'sadi. Uning bo'yi 6-12 m ga- «Zendji Maru» navi. cha, tanasin ing diametri 40-60 sm ga yetadigan, asosiy tanasi, ko'pincha, qiyshayib o'sadigan daraxt yoki buta o'simligi hisoblanadi. Chilonjiydaning shoxlanishi juda xarakterlidir: o'tgan yilgi novdalarning uchki kurtaklaridan uzun o'suv monopodial novda va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
498.84 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
498.84 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: docx