Mavzu: Suv va mineral moddalarning almashinuvi Reja: 1. Mineral moddalarning aylanishi 2. Suvning tabiatda almashinuvi 3. Mineral moddalarning vazifalari 4. Mineral oziqlanish Biosferada tirik moddalarning yuzaga kelishi bilan atmosfera, suv va mineral moddalarning aylanishi hosil bo'ladi, abiotik va geologik asosda organik moddalar almashinishi yoki kichik biologik aylanish paydo bo'lgan. Biosferada geologik moddalar aylanishiga 50% ga yaqin, biologikka esa 0,1-0,2% quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik aylanishga juda kam energiya ketsa ham biosferadagi bu jarayonda birlamchi mahsulot yaratiladi. Biosferada kimyoviy elementlar doimiy sirkulyatsida bo'lib, tashqi muhitdan organizmga o'tib turadi. Malumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh organizm bo'lishi shart. Redusentlar organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayyoramizni o'lik qoldiqlardan iborat bo'lgan katta mozor ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. Yerda boradigan har qanday jarayonlarning manbai va boshlanishi quyosh energiyasi hisoblanadi. Yorug'lik ta'sirida boradigan yashil o'simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida organik modda to'planadi. Fotosintezning foydali ish koeffitsiyenti nihoyatda past. Yer yuziga tushadigan yorug'lik nurlarini atigi 1% dan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshko'mir, neft, torf, gaz) quyosh energiyasi konservalangan holda saqlanadi. Bazi bir organizmlar organik moddalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. Bu jarayon ximosintez deb ataladi. Suvnig tabiatda aylanishi Suv biosferaning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. U suv havzalaridan tashqari tuproqda, havoda va boshqa tirik organizmlarning 80-90% biomassasini tashkil etadi. Suvni tabiatda aylanishi quyidagicha boradi. Suv yer yuziga atmosfera yog'inlari tarzida tushib, atmosferaga asosan o'simliklarning suv bug'latishi va dengizlar yuzasining bug'lanishi hisobiga qaytadi. MINYeRAL OZIQLANISh - 1) (o'simliklarda) o'simliklarning o'z hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlarni mineral tuzlar ionlari shaklida tuproqdan o'zlashtirish jarayonlari majmui. Mineral oziqlanish tuproqdan mineral tuzlar ionlarini o'zlashtirish, ionlarning almashinuv jarayoniga ko'shilishi va o'simlik bo'ylab harakatlanishidan iborat. Mineral oziqlanish elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, Sa, Mg) va mikroelementlar (G'e, V, Mn, Cu, Zn, Mo) kiradi. Azotni o'simliklar anion NO3 yoki kation NH+4, fosfor va oltingugurtni N2R04va SO4» anionlari shaklida, metallarni K+, Sa2+ va Mg2f kationlari shakllarida o'zlashtiradi. E'TIBORINGIZ UChUN RAHMAT! ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: pptx