MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (O'simliklar anatomiya va morfologiyasi, tuban o'simliklar) Mavzu: Suvo'tlar bo'limi Reja: 1. Yashiltoifa suvo'tlar bo'limi-Chlorophyta 2.Tillarangtoifa suvo'tlar bo'limi- Chrysophyta 3.Sariq-yashiltoifa suvo'tlar bo'limi- Xantophyta 4.Diatomtoifa suvo'tlar bo'limi-Bacillariophyta 5.Pirrofittoifa suvo'tlar bo'limi-Pyrrophyta 6.Evglenatoifa suvo'tlar bo'limi-Euglenophyta 7.Qo'ng'irtoifa suvo'tlar bo'limi- Phaeophyta 8.Shilimshiqtoifalar bo'limi-Myxophyta 9.zamburug''lar bo'limi- Mycophyta 10.Lishayniklar bo'limi- Lechenophyta Tuban o'simliklar kelib chiqishi, taraqqiyot yo'li, oziqlanish usullariga, vegetativ organlarining tuzilishiga qarab bir necha bo'limga bo'linadi. 1.Ko'k-yashiltoifa suvo'tlar bo'limi- Cyanophyta 2.Qiziltoifa suvo'tlar bo'limi-Rhodophyta 3.Yashiltoifa suvo'tlar bo'limi-Chlorophyta 4.Tillarangtoifa suvo'tlar bo'limi- Chrysophyta 5.Sariq-yashiltoifa suvo'tlar bo'limi- Xantophyta 6.Diatomtoifa suvo'tlar bo'limi- Bacillariophyta 7.Pirrofittoifa suvo'tlar bo'limi- Pyrrophyta 8.Evglenatoifa suvo'tlar bo'limi- Euglenophyta 9.Qo'ng'irtoifa suvo'tlar bo'limi- Phaeophyta 10.Shilimshiqtoifalar bo'limi-Myxophyta 11.zamburug''lar bo'limi- Mycophyta 12.Lishayniklar bo'limi- Lechenophyta 1 - bo'lim. Ko'k-yashiltoifa suvo'tlari (Cyanophyta) Ko'k-yashil suvo'tlar, o'simliklarning eng qadimiy vakillari, ular hujayra tuzilishi soddaligi bilan boshqa suvo'tlaridan farq qiladi. Ularning ko'k-yashil deyilishiga sabab, hujayrasida yashil xlorofilldan tashqari, ko'k rang beruvchi fikotsian, qizil rang beruvchi fikoeritrin va sariq rang beruvchi karotin pigmentlari bor. Bu pigmentlar yashil rangni niqoblab, to'q ko'k yashil, qoramtir-yashil, binafsha ranglarda ko'rinadi. 1 - bo'lim. Ko'k-yashiltoifa suvo'tlari (Cyanophyta) Ko'k-yashil suvo'tlarning hujayrasi po'st va protoplastdan iborat xolos. Hujayra po'sti pektin moddasidan tuzilgan. Protoplastida vakuolalar bo'lmaydi. Protoplastining tashqi qatlami xromotoplazma, markaziy qismi tsentroplazma deyiladi. Xromatoplazmada xlorofill, fikotsian, karotin, fukoeritrin kabi pigmentlar bo'lib, hujayraga ko'proq ko'k-yashil rang beradi. Tsentraplazma esa rangsiz bo'lib, unda yadro uchun xarakterli bo'lgan DNK, nuklein kislotalar bo'ladi. Xromotoplazma fotosintez vazifasini ham bajaradi, chunki unda sochilgan holda xromotofor uchraydi. Ularda kraxmal, oqsil to'planadi. 2- bo'lim. Qiziltoifa (Rhodophyta) suvo'tlar Qizil suvo'tlar ko'p hujayrali, tashqi ko'rinishidan yuksak o'simliklarga o'xshab ketadi. Tallomlari bo'g'inlarga bo'lingan, hujayrasi bir yadroli va xromatoforlidir. Xromatoforida xlorofill, karotin, ksantofil, fikotsian pigmentlaridan tashqari qizil tusdagi fikoeritrin pigmenti bo'lganligi sababli, bu suvo't vakillari qizil, pushti va och binafsha ranglarda ko'rinadi. Hujayra po'sti pektin moddasi aralashgan tsellyulozadan iborat. Pektin modda ko'pincha hujayraning bo'qishiga, tanasining doimo shilimshiqlanishiga olib keladi. Hujayra protoplasti tsitoplazma, bitta yoki bir nechta yadro va xromatoforlarga ajralgan. Xromotofori plastinkasimon shaklda bo'ladi. Bo'lim. Yashiltoifa (Chlorophycophyta) suvo'tlar Yashil suvo'tlarning xromatoforlarida faqat xlorofill bo'lib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmaganligi uchun yashil rangda ko'rinadi. Ular, bir hujayrali, ko'p hujayrali va koloniya bo'lib yashaydi. Hujayralari sirt tomondan tsellyuloza bilan qoplangan. Hujayra ichida tsitoplazma, vakuola (rangsiz shirasi bilan to'lgan), bitta, bazan bir nechta yadro va xromator bo'ladi. Xromatoforining shakli xilma - xil, yani spiralsimon, to'rsimon, tasmasimon. Xromatofor ichida pirenoid joylashgan. Pirenoid tevaragida, asosan kraxmaldan iborat zapas oziq moddalar to'planadi. YaShIL SUVO'TLARNING TARQALIShI Yashil suvo'tlar bahorda sernam tuproqli yerlar yuzasida, daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
942.2 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
942.2 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: pptx