Suvo'tlar, zamburug'lar va lishayniklar

Suvo'tlar, zamburug'lar va lishayniklar

O'quvchilarga / Botanika
Suvo'tlar, zamburug'lar va lishayniklar - rasmi

Material tavsifi

Suvo'tlar, zamburug''lar va lishayniklar Reja: 1. Suvo'tlar to'g'risida umumiy tushunchalar. 2. Ko'k-yashil suvo'tlar, ularning tarqalishi va ahamiyati. 3. Yashil suvo'tlar, ularning vakillari, xususiyatlari va ahamiyati. 4. zamburug''lar to'g'risida tushuncha. Tuban zamburug''lar, ularning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. 5. Yuksak zamburug''larning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. 6. Takomillashmagan zamburug''lar. 7. Lishayniklar, ularning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. O'simliklarning eng qadimgi vakillaridan bo'lgan suvo'tlar suvda, namli muhitda va tuproqda hayot kechiruvchi qattanali avtotroflar bo'lib, xlorofill borligi tufayli ular karbonat angidridni assimilyatsiyalash va fotosintez jarayonida hosil bo'ladigan organik moddalar hisobiga mustaqil yashaydigan organizmlardir. Suvo'tlarning qattanasi organlar (poya, barg, ildiz)ga bo'linmagan bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va ko'p hujayrali bo'ladi. Lekin ayrim suvo'tlarning qattanasi turli vazifalarni bajarishga moslashgan ayrim qismlarga differensiyalangan bo'ladi. Vegetativ hujayra tashqi tomondan tsellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan qattiq hujayra po'sti bilan o'ralgan. Tsitoplazmasi ko'pincha hujayra po'sti atrofida joylashadi va hujayrani to'ldirib turadi. Hujayrada bir yoki bir nechta vakuola, (faqat ko'k-yashil suvo'tlarda uchramaydi) turli-tuman shaklli xromatoforlar mavjud. Yadro soni ham bir yoki bir nechta bo'lishi mumkin. Xromatoforlarda fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi pigmentlar bor. Suvo'tlar dengiz va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab 100-150 m gacha chuqurlikda yashaydi va bazilari suv erkin so'zib yuruvchi fitoplonkton hosil qiladi. Ayrim vakillari esa suv havzasining ostki qismida yopishib yashaydi va bu yerda hosil bo'ladigan o'simlik va hayvon organizmlari to'dasi-bentos tarkibiga kiradi. Tuproqda yashashga moslashganlari tuproq yuzasi va uning ustki qatlamida hayot kechiradi. Bu suvo'tlarning ko'pchiligi tuproqda organik moddalar to'planishi va uning unumdorligini oshirishda ishtirok etadi. Suvo'tlar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Bir hujayrali suvo'tlar hujayrasining bo'linishi bilan vegetativ ko'paysa, koloniyali va ko'p hujayrali suvo'tlar esa tallomning qismlarga bo'linishi yoki gormononiy natijasida ayrim hollarda maxsus vegetativ ko'payish organlari hosil qilib (masalan xaralarda-tuganak) ko'payadi. Jinsiy ko'payish izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo'llari bilan sodir bo'ladi. Jinssiz ko'payish maxsus sporalar yordamida amalga oshadi. Suvo'tlarning 20 minga yaqin turlari mavjud bo'lib, ular odatda 6 ta sinfga bo'lib o'rganiladi. Ko'k-yashil suvo'tlar (Cyanophyta), yashil suvo'tlar (Chlorophyta), diatom suvo'tlar (Diatomeae), qo'ng'ir suvo'tlar (Phaeophyta) va qizil suvo'tlar (Rhodophyta) sinflari vakillari kengroq o'rganiladi. Ko'k-yashil suvo'tlar -(Cyanophyta). Bu suvo'tlarga eng sodda, ko'pincha bir hujayrali yoki koloniya bo'lib yashaydigan organizmlar kiradi. Kamdan-kam holda ko'p hujayrali, ipsimon shakllari ham uchraydi. Ko'k-yashil suvo'tlarining to'dasi ko'pincha shilimshiqqa o'ralgan bo'ladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakllarda bo'ladi. Hujayradagi tashqi tomondan bazan juda shilimshiqlanuvchi pektinli yupqa po'st bilan o'raladi. Hujayralarning ichki moddasi bo'linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko'rib bo'lmaydi. Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo'yalgan tashqi va xromotin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga