Suvo'tlarining umumiy tavsifi Yaqin paytlargacha tirik organizmlar ikkita olamga bo'linib kelingan. Bular o'simliklar va hayvonlar olami bo'lib, ular o'z navbatida kenja olamlarga bo'lingan. Jumladan, o'simliklar olami yuksak o'simliklar va tuban o'simliklar kenja olamlaridan tashkil topgan. Yuksak o'simliklarga 300- 350 ming, tubanlarga esa 150 mingga yaqin o'simliklar kirgizilgan. Botanika nomenklaturasi 1. Botanika nomenklaturasi mustaqil (zoologiya va mikrobiologiya bo'yicha xalqaro kodekslar alohida tuzilgan). 2. Taksonlarga nom berish nomenklaturaviy tiplar yordamida amalga oshiriladi (tip - nom berishda foydalanilgan birinchi gerbariy nushasi). 3. Taksonlar nomenklaturasida prioritet prinsipi saqlanadi. 4. Taksonlar nomenklaturasi universallik prinsipiga ega, yani taksonlarning ilmiy nomlari ularning kelib chiqishidan qatiy nazar, lotincha so'zlarda ifodalanadi hamda lotin grammatikasi qoidalariga bo'ysunadi. O'simliklar sistematikasidagi asosiy tushuncha va atamalar. Sistematik kategoriyalar (taksonlar, birliklar). O'simliklar sistematikasidagi asosiy birliklar: tur (species), turkum (genus), qabila (ordo), oila (familia), sinf (classis), bo'lim (divisio). Taksonomik kategoriyalar Sistematikada eng kichik sistematik birlik yoki takson turdir (species). Har qaysi tur bir turkumga (genus ) birikadi. Turkum qarindoshlik aloqalari bo'lgan turlarning yig'ma taksonomik kategoriyasidir. Turkum juda ko'p yoki bir necha, hatto bitta turdan iborat bo'lishi mumkin. Turkum o'z navbatida kenja turkumga, keyin esa seksiyalarga bo'linishi mumkin. O'zaro yaqin va o'xshash bo'lgan turkumlar to'planib, sistematiktik kategoriya-oilani (familia) tashkil qiladi. Oilaning nomi shu oilaga mansub yirikroq turkumning nomiga - aseae qo'shimchasi qo'shib hosil qilinadi. Volvocaceae (volvokslar) Volvox turkumidan. Oliy taksonomik kategoriyalar tartib,sinf.bo'lim va olamdir. Bu kategoriyalar orasidagi qarq,oila va tur o'rtasidagi nisbatlarga o'xshash bo'ladi. Tartib( ordo) taksonomik kategoriyalar ichida eng muhimi bo'lib, kelib chiqishi jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan bir yoki bir necha oilani o'z ichiga ola. Tartibning nomi unga mansub bo'lgan biror xarakterli oilaning nomidan hosil bo'lgan -ales qo'shimchasi bilan nomlanadi. Masalan. Volvocales. Keyingi taksonomik kategoriya sinfdir. (classis). Sinf tartibga qaraganda bir-biridan keskin farq qiladi. Shunga ko'ra sinflarning soni ko'p emas. Sinfning nomi biror tur va u bilan nomlanadigan tartib bilan nomlanib, suvo'tlarda - phyceae zamburug''larda - mycetes, yuksak o'simliklarda -opsida qo'shimchasi bilan qo'shib nomlanadi. Masalan Suvo'tlarda Volvocophyceae, zamburug''lardan -Ascomycetes. Ba'zi yirik, bir-biridan keskin farqlanuvchi bir qancha tartiblarni o'ziga biriktirgan sinflar kenja sinflarga bo'linadi. Sinflar o'z navbatida bo'limlarga (divisio) birikadi Ular rivojlanishi va tuzilishi jihatidan bir-biridan muhim xususiyatlari bilan farqlanadi. Bo'limlar o'simliklar olamining filogenetik rivojlanishidagi shajaraga to'g'ri keladi. Bo'limlar ham ko'p emas. Suv o'tlar va yuksak o'simliklari bo'limlari nomiga -phyta, zamburug''larga esa- mycota qo'shimchasi qo'shib aytiladi. Masalan, Cyanophyta, Qizil suvo'tlari - Rhodohyta, Yashil suvo'tlari - Chlorophyta, Tillorang suvo'tlari- Chrysophyta Sariq -yashil suvo'tlari - Xanthophyta , Diatom suvo'tlari - Bacillariophyta GLOSSARIY Akinetalar - Suvo'tlarining anchagina g'amlangan oziq ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: ppt