Suvo'tlarining yashash sharoiti va ahamiyati

Suvo'tlarining yashash sharoiti va ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Suvo'tlarining yashash sharoiti va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Suvo'tlarining yashash sharoiti va ahamiyati REJA: Suvo'tlarining yashash sharoiti Qizil qorning sababchisi Suvo'tlarining ahamiyati Plankton Bentos Tuproq Suvo'tlar Yer sharida uchraydigan suvo'tlarning barchasini yashash sharoitiga ko'ra: gruppasiga bo'lib o'rganiladi Plankton suvo'tlar - suv qatlamida so'zib yashovchi suvo'tlar bo'lib, ular dengiz suvlarida 100 metrgacha va chuchuk suvlarda esa 10 metrgacha chuqurlikda yashovchi organizmlardan iboratdir. Plankton (muallaq) holda yashovchi diatom suvo'tlardan planktonella, flagilariya, tabellariya; yashil suvo'tlardan pediastrum, desmidium, xlorokokk, ko'k yashil suvo'tlardan anabena, anabekopsis kabilarni ko'rsatish mumkin. Bentos suvo'tlar - suvning tagida turli xil (substratlarga) yopishib yashovchi suvo'tlardir. Suv qatlami litoral, sublitoral va elitoral deb ataluvchi 3 mintaqaga bo'linadi. Litoral qavat dengiz suvlarining ko'tarilib-pasayib turuvchi eng ustki sathi bilan shu suvning pasaygandagi eng ostki qavatigacha bo'lgan qatlamni o'z ichiga oladi. Bu qatlamda qo'ng'ir, qizil va yashil suvo'tlarning ba'zi vakillari uchraydi. Sublitoral qavat suvning pasaygan sathidan boshlab, 40 metrgacha chuqurlikda bo'lgan qavatni o'z ichiga oladi va bu qavatda qo'ng'ir suvo'tlarning laminariya kabi va qizil suvo'tlarning ba'zi vakillari uchraydi. Elitoral qatlam 40 metrdan 100 metrgacha bo'lgan suv qavatini o'z ichiga oladi. Bu qavatda asosan qizil suvo'tlarning ba'zi vakilari uchrab, ularning hayoti 2-4 yil, ba'zan 10-12 yil davom etadi. Tuproq suvo'tlari - nam tuproqlarning betida, tuproq qavatida, daraxtlarning po'stloqlarida yashovchi ko'k-yashil, yashil, diatom suvo'tlarning ko'pgina vakillari kiradi. Masalan, M. M. Gollerbax ma'lumotiga ko'ra MDH territoriyasidagi tuproqlarda 257 xil suvo'tlar ro'yxatga olingan bo'lib, ulardan 102 turi yashil, 92 turi ko'k yashil va 53 turi diatom suvo'tlarning vakillaridan iborat. Yuqorida ko'rsatilganidek suvo'tlar suv harorati +75°…+93° gacha bo'lgan issiq buloqlarda yoki tog'lardagi qor va muzliklarda ham hayot kechiradi. QIZIL QORNING SABABI MDHning 2'300-3'400 metr balandlikdagi Kavkaz tog'laridan, Novaya Zemlya, Frants Iosif yerlaridan va shunga o'xshash joylarning qor va muzliklaridan ko'pgina suvo'tlar topilgan. Ana shu joylardagi qor va muzliklarning usti onda-sonda turli xil rangga (ko'k, qizil, yashil va h. k.) bo'yalib turadi. Qor va muzliklarning rangi, asosan, shu yerlarda yashayotgan suvo'tlarning turlariga va ularning hujayra shirasi tarkibidagi gematoxrom deb ataluvchi rang beruvchi pigmentning miqdoriga bog'liq. 1929 yilda Kavkazning Qarachay tog'ida kuzatilgan qizil qorning sababchisi 55 xil suvo'tlar bo'lib, shundan 26 turi diatom, 18 turi yashil, 10 turi ko'k yashil va 1 tur qizil suvo'tlarning vakillari bo'lganligi aniqlangan, Yer sharining turli qorli va muzli qismlarida faqat qizil qor emas, balki sariq, yashil, qora, pushti qorlar ham kuzatilganligi va bunga sababchi turli xil suvo'tlar ekanligi kuzatilgan. Shimoliy Amerikaning Iellouston parkida yashil suvo'tlarning vakillari bo'lgan xlamidomonadalar yashil qor hosil etgan. Suvo'tlar juda tez ko'payadi. Natijada qisqa vaqt ichida kattagina maydonlarda rangli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.91 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.91 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga