Reja: Ilmiy texnika taraqqiyoti va tabiatdan foydalanish. Atrof muhitga inson ta'sirining kuchayishi. Tabiiy resurslarning yetishmovchiligi, urbanizatsiya va ularni hal etish yo'llari. O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari. Tayanch tushunchalar: texnika taraqqiyoti, urbanizatsiya, tabiiy resurs, energetika, metall, nometall rudalar. Tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlar hammani qiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ilmiy - texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda inson bilan tabiat orasidagi munosabat muammosi yanada keskin tus olmoqda. Tabiat butun jonli mavjudotlarni rivojlanishiga hamda uning moddiy-ma'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas bir qismi, ammo u tabiatning boshqa elementlaridan aql-zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi. Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiatda yashab unga ta'sir etib yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurilish materiallari, energetik va mineral resurslar va boshqalarni mehnati natijasida tabiatdan oladi. XX asrning 50-yillaridan boshlab fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta'siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. Inson qudratli texnika yordamida biosferadagi modda va energiya almashinuvi jarayonlariga bevosita ta'sir ko'rsatib, ayrim joylardagi tabiiy muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi. Tabiiy resurslarning mislsiz o'zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishning ortishi, transport vositalari sonining ko'payishi atrof muhitni kuchli ifloslanishi muammosini keltirib chiqaradi. Natijada havo va suv ifloslanmoqda, tuproq eroziyasi tezlashmoqda, o'simlik va hayvonlarning bazi turlari yo'qolib yoki kamayib ketmoqda. Chunki bugungi kunda inson ixtiyorida radioaktiv moddalar, raketa va kosmos texnikasi, avtomatika va elektronika, sintetik materiallar, kimyoviy mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar, har xil mashinalar, tovushdan tez uchar transport turlari va boshqalar mavjud. Shu tufayli kishilar tabiatga ko'proq ta'sir etib, uni tezlik bilan o'zgartirmoqda. Bugungi kunda yer va suv yuzasida kishilik jamiyati faoliyatining bevosita va bilvosita ta'siriga uchramagan tabiiy landshaftlar qolmadi. Bunday holatda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi juda muhim muammoga aylanib qoldi. Hozirgi kunda insoniyatning ehtiyojlari uchun yer ostidan 120 mlrd. tonnadan ortiq foydali qazilmalar olinadi. Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida yiliga 400 km3dan ortiq suv ishlatiladi, yonish jarayonlariga 15 mlrd. tonna kislorod sarf bo'ladi. YuNYeP ma'lumotlariga ko'ra (1995 y.) har sekundda atmosferaga 200 tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi chiqarilmoqda va 750 t unumdor tuproq qatlami yo'qotilmoqda; har kuni 47 ming ga o'rmon buziladi, 346 ming ga yaqin yerlar cho'lga aylanadi; taxminan 100-300 tur o'simlik yo'qolayapti. Sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun albatta tabiiy resurslardan foydalanish kerak. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotlik bilan ularni qayta tiklashga alohida etibor berish bilan birga olib borilishi kerak. Biz tabiatga ta'sir etib, undan o'zimiz uchun zarur bo'lgan narsalarni olayotganimizda, shunday ish qilaylikki, akademik Ye.K.Fedorov aytganidek, «Tabiatdagi o'zgarishlar insoniyat ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc