Reja: 1.Tabiatni muhofaza qilish sohasida davlatlararo hamkorlik va uning asosiy shakllari. 2. Davlatlararo shartnoma, konvensiyalar va ularning ahamiyati. 3. Tabiat muhofazasida davlat nodavlat tashkilotlari hamkorligi. 4. O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo, hamdo'stlik mamlakatlari va boshqa davlatlar, tashkilotlar bilan hamkorligi. Tayanch tushunchalar: shartnomalar, konvensiyalar, nodavlat tashkilotlar, xalqaro hamkorliklar. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 230 davlat, 6,5 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklar sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilangina hal qilinishi mumkin. Yu.Odum aytganidek Ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turish faqatgina dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin. Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikkita asosiy shakli ajraladi: 1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konvensiyalar; 2. xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari faoliyati. Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Hamkorlik dastlab XIX asr oxirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta etibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarni taqiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilgan BMT ning birinchi umumjahon kongressida 5 iyun xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb elon qilindi. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1973 yilda nodir hayvon va o'simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to'g'risidagi xalqaro konvensiya tuzildi. 1978 yil Ashxabodda o'tgan xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) General Assambliyasida jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982 yil BMT da tabiatni muhofaza qilishning umumjahon partiyasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning tamoyillari va ko'p yilga ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.7 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.7 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc