Tabiatshunoslik darslarida O'lkamizda kuz mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida o'rganish I. Bob. Tabiatshunoslik darslarida o'quvchilarga o'lkamizda kuz haqidagi bilimlarini kengaytirishning o'ziga xos pedagogik jihatlari. 1.1 o'lkamizda kuz haqidagi tasavvurlarini kengaytirishning mohiyati II. Bob. O'quvchilarning kuzgi mavsumiy o'zgarishlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirishning o'ziga xos xususiyatlari. II. Bob. Tabiatshunoslik darslarida o'lkamizda kuz mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida o'rganish. II.1. Tabiatshunoslik darslarida o'lkamizda kuz mavzusiga doir bilimlarini pedagogik texnologiyalar asosida o'rganish. II. 2. Pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o'quvchilarga o'lkamizda kuz mavzusiga doir dars ishlanmalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Ilova Kirish. Ma'lumki, Respublikamiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan ekan, ayni paytda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish darjada e'tibor berilmoqda. Bu yurtimiz kelajagi hisoblangan farzandlar dunyoqarashining ma'naviy jihatdan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib ulg'ayishi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. O'sayotgan yosh avlod qanchalik bilimli, madaniyatli, chuqur e'tiqodli bo'lsa, davlatimiz shunchalik qudratli shon-shuhrati ulug' martabasi baland bo'lgani shubhasizdir. Bugungi kundagi dolzarb vazifalar maorif xodimlari oldiga shunday mas'ul vazifalarni quymoqdaki, ular jamiyatimizni ma'naviy yuksalishi, hayotimizning taraqqiy etishi, istiqbolli kelajak sari dadil harakatlar majmuasi bilan belgilanadi. Bu vazifalarni hal qilinishi davr talabiga javob beradigan yuqori malakali, ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog'liq, albatta. Muammoni xal qilinishi esa har tomonlama sog'lom, ma'naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishni ko'zda tutadi. Shu bois mamlakatimizda butun etibor avvalo ma'naviyatimizni tiklash va uni yanada rivojlantirish, milliy ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uni davr talabi bilan uygunlashtirish yoki jahon talabi darajasiga ko'tarish ishlarini qalqilishga qaratilmoqda. Jamiyatimiz bosh bo'g'inini har tomonlama yetuk tarzda shakllantirish va ularni hayotiy faoliyatga tayyorlash maqsadida Respublikamiz rahbariyati tomonidan Ta'lim to'g'risida gi Qonun qabul qilindi. Boshlang'ich sinf o'suvchilarining jismoniy va ma'naviy sog'lig'ini ta'minlash uchun ularga maktab yoshidan boshlab tabiatni, atrof-borliqni asrab-avaylash, ulardan o'z sog'lig'ini mustahkamlash yo'lida foydalanishni o'rgata borish zarur. Bu borada ota onalar va o'qituvchilarning fidokorona intilishi va mehnatlari katta o'rin tutadi. Boshlang'ich sinflarning amalda qo'llanilayotgan dasturida ham o'quvchilarning mehnat faoliyatiga alohida ahamiyat berilganligini guvohi bo'lib turibmiz. Bu borada o'quvchilarning turli mazmundagi oddiy bilimlarni egallash asosida bolalarning erkin faoliyatlarini rivojlantirish, bu jarayonni o'simliklar hayotini o'rganish bilan bog'lash yo'llari ham belgilab berilgan. Zero, o'quvchilarning tevarak-atrofdagi o't-o'lanlar, madaniy va shifobahsh o'simliklarni o'rganishga qaratilgan ta'limning shakl va uslublarini izlash, bu borada samarali natijaga erishish, shu asosda o'z o'lkasi, tirik mavjudotlarini sevadigan, uning boyliklarini asrash va ko'paytirishga hissa qo'shadigan, e'tiqodli yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin. Shuningdek, o'z Vatanini, uning bebaho sarhadlari, o'tloqlari, tog'u-daryolarini sevish, uning jonli va jonsiz unsurlariga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash bola tarbiyasidagi eng asosiy masalalardan biri, deb hisoblaymiz. Tabiatshunoslik dasturida o'quv jarayonning takomillashtirishi mazkur o'quv ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.97 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.97 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc