Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan

Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan umumiy talablar. 2. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan talablarni keltirib chiqaruvchi sharoitlar. 3. Tabitashunoslik darslariga qo'yiladigan talablarning o'quv jarayonidagi ahamiyati. Tabiatshunoslik darslariga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi: - o'quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar to'g'risida, o'z o'lkasining tabiati to'g'risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to'g'risida, yerning shakli va relefi to'g'risida, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to'g'risida bilimlar bilan qurollantirish; - botanika, geografiya, yuqori sinflarda anatomiya bo'yicha o'quv materialini o'zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o'quv va ko'nikmalarni shakllantirish; - o'qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; - rivojlanishning har tomonlama garmonik bo'lishiga erishish; - tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilimlar ola bilish o'quvlarini hosil qilish; - tabiatshunoslik o'rganishga qiziqishni shakllantirish; - mehnatsevarlikni, maktabda va o'quv-tajriba uchastkasida mehnat qilish xoxishini tarbiyalash. Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda ta'lim-tarbiya, didaktik psixologik va gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to'xtab o'tamiz. Tarbiyaviy talablar. Tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o'quvchilarning g'oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta'minlaydi. Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi. Shuni hisobga olib va ta'lim hamda tarbiyaning ajralmas birligi tamoyiliga asoslanib, kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida dunyoga moddiy qarashni shakllantirish uchun har handay imkoniyatlardan foydalanish zarur. Shunga ko'ra o'qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o'quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o'quv hamda ko'nikmalar shakllantirilishini, qanday tarbiyaviy g'oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qiziqishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko'rsatishini sinchiklab o'ylab olishi kerak. Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek yosh avlodga estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo'lish kishilarda yuqori ma'naviy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go'zalligini ko'ra olish va qadrlashga o'rgatish zarur. Shunga ko'ra tabiat obyektlarini o'rganishda o'quvchilar e'tiborini tabiatdagi uyg'unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go'zallikni ta'kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim. Didaktik talablar. Tabiatshunoslik darslarini o'tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to'g'ri qo'yish bilan ta'minlanadi. Dars vazifalarini belgilagach, o'qituvchi uning muvofiqroq strukturasini tanlashga kirishadi, ya'ni so'rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o'zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishlarni qanday izchillikda o'tkazish kerakligini, so'rashning qaysi turidan - yakka (individual) so'rash yoki umumiy so'rashdan foydalanishni o'ylab chiqadi. Yangi materialni o'rganish vaqtini to'g'ri belgilash katta ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yangi materialni o'rganish o'qituvchi va o'quvchilarning diqqat markazida turadi. U kengaytirilgan so'rash yoki takrorlash bilan to'sib qolinmaydi. Yangi material mazmunida o'quvchilar e'tibori markazlashtirilishi zarur bo'lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yangi materialni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.46 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.46 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga