Reja: 1. Tabiatshunoslik darslarining tiplariga tavsif. 2. Tabiatshunoslik dars tiplari tuzilishining o'zaro bog'liqligi. 3. Dars jarayonida frontal, guruh holida va yakka tartibda olib boriladigan ish turlari va ularning o'zaro qo'shilishi. Tabiatshunoslik darslari qismlarining izchilligi xilma-xil bo'lishi mumkin: bir xil darslarda o'quvchilarning mustaqil ishlari yangi bilimlarni bayon qilgandan keyin o'tkaziladi, boshqalarida undan oldin bo'ladi; uy vazifasini tekshirish darsning boshida yoki uning kelgusi bosqichlarida olib borilishi; darsning qismlari almashinibgina qolmasdan, balki takrorlanishi ham mumkin. Chunonchi, yangi materialning bayon qilinishini mustaqil ishlar bilan navbatlashtirib, bir necha qismlarga ajratish mumkin. Ba'zi qismlar dars tuzilishidan tushib qolishi mumkin. Masalan, hamma darslarda xam o'quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinavermaydi. Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash - bu uning asosan nimaga - yangi maqsadni o'rganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va tizimga solish yoki o'zlashtirishni tekshirish va hisobga olishga bag'ishlanishini belgilash demakdir. Tabiatshunoslik darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo'lishi mumkin, shunga qarab uning tuzilishi va binobarin, darslarning tiplari ham har xil bo'ladi. Didaktik maqsadlariga qarab, darslar quyidagi tiplarga ajratiladi: birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars; yangi material o'rganiladigan dars; mustahkamlash darsi; predmetli dars; o'quv-tajriba maydonchasidagi dars; maktab geografiya maydonchasida o'tkaziladigan dars; izohli o'qish darsi; kino va teledars; ekskursiya darsi. Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz: Kombinatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi o'tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligidagi ishlarni) tekshirish, yangi bilimlarni o'rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o'tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o'qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko'rish, maqolalar o'qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo'llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o'tishda keng tarqalgan xato - barcha ishlarni ko'rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o'qish va aytib berishdan iborat qilib quyishdir. Dars o'tishga shunday yondoshish ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlamaydi. Tabiatshunoslik o'qituvchisi tabiat to'g'risidagi bilimlarning aoosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak. Yangi materialni o'rganish darsi. Darsning bu tipi toza ko'rinishda uchramaydi. Biroq o'quv materialining o'ziga xosligi va o'quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o'rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o'tkazilishi mumkin. Bu ishga darsda vaqtning ko'p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo'ysunadi. Yangi materialni o'tishda ilgari o'rganilganlar bilan vorislik o'rnatish va yangi materialni ilgari o'zlashtirilganlar sistemasiga kiritish uchun bolalarni Yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi bo'lim va savollarni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.99 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.99 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc