Reja: 1. Tabiatshunoslik fanining maqsadi va vazifasi. 2. O'simliklarning oziqlanish xususiyatlari. 1. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo'lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil etadi. Ana shu quruqlikda va suvda o'suvchi o'simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida bo'ladigan hayot jarayonlari jumladan oziqlanish, nafas olish, ko'payish, transpiratsiya, fotosintez va hokozolarni. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o'simliklar borligi aniqlangan. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma'lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o'simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhafoza qilish yo'llarini botanika fani o'rgatadi. Botanika so'zi grekcha botane so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, sabzavot degan ma'noni bildiradi. Demak, botanika umuman o'simliklar to'g'risidagi fan bo'lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug''lar geterotrof o'simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antriktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o'sadi. Hozirda botanika fanining oldida to'rgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o'simlik guruhlarini; cho'l dasht, o'rmon, o'tloq va shu kabilar bo'yicha o'rganib, ulardan halq xo'jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. 2. Yer yuzidagi o'simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko'ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo'linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo'lgan yashil o'simliklar avtotrof o'simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o'simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o'zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o'simliklar kiradi. Aftotrof o'simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof o'simliklar esa uning aksini, ya'ni avtotrof o'simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o'simliklar ishtirokida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni bo'lib turadi. 3. Botanika fani va uning asosiy bo'limlari. Botanika fani bir biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi. 4. O'simliklarning sezuvchanligi. Ayrim o'simliklarda sezish xususiyatlari juda ham yuqori bo'ladi. Masalan: mimoza o'simligida, xashoratxo'r o'simliklardan muxolovkada (Dionaea), rosyanka (Drosera), nepentesda (Wepenthes), puzirchatkada (utriculata). Mimoza o'simligining yashnab to'rgan bargiga tegishingiz bilan barglari shalpayadi va butun o'simlik so'ligan ko'rinishga ega bo'ladi. Biroz vaqt o'tgach barglar yana o'z holiga qaytadi. MDHning Yevropaqismidagi botqoqliklarda o'sadigan rosyanka o'simligi kichik bo'lib, balandligi 10 -15 santimetrga yetadi. Uning ildiz bo'g'izidagi barglar to'dasida mayda suyuqlik chiqaruvchi tuklar joylashgan. Xashoratlar bargga qo'nishi bilan ularni o'rab oladi. Tuklar chiqargan suyuqlik tarkibidagi pepsin fermenti yordamida asir nobud bo'ladi. Undagi moddalar parchalanib hazm bo'lib ketadi. Keyin ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc