Tabiatshunoslik fanini o'qitishda ta'lim integratsiyasi va innovatsiyasi Reja: Yangi pedagogik texnologiya nima? Pedagogik texnologiya monitoringi Innovatsion texnologiyalar ta'lim jarayonida. Respublikamiz xalq ta'limi o'ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o'ziga xoslik, eng awalo, ta'lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya'ni o'zimizning juda boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o'z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo'lgan milliy urf-odatiarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni o'qitish baxtiga muyassar bo'lganimizda ko'rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g'urur hislarini to'lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko'tarinkilik bilan jamiyati-mizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g'urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng awalo, o'zimizda bu sifatlarni mujassam-lashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo'lmaydi. Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o'z tushunchalari, «till» bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas, albatta. Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbahsh irmoqdan suv ichadi. Biri - mingyilliklar davomida shakllanib, gavhar zarralaridan hosil bo'lgan milliy tarbiya tajribasi bo'lsa, ikkinchisi - jahonning ilg'or, sinalgan pedagogik innovatsiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta'minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo'lmasligi lozim. «Yangi pedagogik texnologiya», «pedagogik diagnostika», «kibernetik pedagogika», «test-reyting» kabi tushunchalarning tub mohiyatini o'zlashtirmasdan, ulardan o'quv-tarbiya jarayonida foydalanmasdan turib, biz jahon pedagogik integratsiyasida o'zimizning munosib mavqeyimizga erishmog'imiz mushkul bo'ladi. Yurtboshimiz I. A.Karimov ta'lim integratsiyasi haqida shunday degan edilar: «Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda. Binobarin, bu hoi tarbiya, ta'lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamuljam yondashishni taqozo etadi». Shu ma'noda, «integratsiya» so'zi birlashtirish degan ma'noni bildiradi desak, yangiishmagan bo'lamiz. Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so'z birikmasiga «yangi» so'zini qo'sbimcha qilib, «yangi pedagogik texnologiya» deb aytamiz? U nima uchun bugungi ta'lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri qo'llanilib kelingan ta'lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o'quv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur? Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng awalo, mam-lakatimizda «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo'nalishlarini anglab olmoq lozim. Bu yo'nalishlar: - ta'lim mazmuni va tizimini isloh qilish; - ta'lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish; - ta'limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; -ota-ona, o'qituvchi-o'quvchining ta'lim jarayoniga bo'lgan yangicha qarashlarini shakllantirish; - va nihoyat, bu ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.92 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.92 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc