Tabiatshunoslik fanining maqsadi,vazifasi, ahamiyati Reja: 1. Tabiat ilmini tarixi. 2. Tabiatshunoslik fani maqsadi, vazifasi, ahamiyati. 3. Fanning kelib chiqishi, shakllanishi, muammolari. 4. TFKning rivojlanish bosqichlari va markazlari. 5. Markaziy Osiyo olimlarining o'lka tabiatini o'rganishga qo'shgan xissalari. Qadim Markaziy Osiyo mamlakatlarida dunyoda birinchi bo'lib tabiiy fanlarning taraqqiyoti. Avestoda tabiiy fanlar haqida ma'lumot. Gretsiya va Rimdagi antik davr olimlrai, ularning tabiiy fanlar haqida izlanishlari. Tabiiy fanlar va falsafaning bog'liqligi, fanning rivojlanishi, fan va din. Markaziy Osiyolik allomalarning tabiatshunoslik fani rivojiga qo'shgan hissalari. Matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, falsafa va boshqa fanlarni IX-XI asrlardagi yutuqlari, ilmiy asarlari. Al Xorazmiy, Al Farg'oniy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Farobiy, Al Javhariylarning fandagi xizmatlari, Temuriylar davrida tabiiy fanlarning rivojlanishi. Ulug'bekning astronomiya fani rivojiga qo'shgan hissasi. Ziji Kuragoniy asarining bugungi kundagi ahamiyati. Fan o'z rivojlanishi davomidagi ilmiy inqiloblar yordamida falsafani rivojlantiradi. Kopernik, Kepler va Nyuton g'oyalari tahlili, falsafada muhim o'rin tutadi. Darvin, Freyd va Vegner kabi nomlar bilan bog'lanadigan fanlar falsafa muammolarini keltirib chiqardi. 1-markaz. Fan markazlari haqida fikr yuritganda fanning ilk markazi Markaziy Osiyo mamlakatlaridir deb tan olamiz. Chunki bunga ilmiy asoslarimiz bor. Chunonchi, antik davrda Xorazmda «Avesto» bitiklarida fanning bir necha yo'nalishlari, xususan, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, ekologiya va boshqa bo'limlarga asos solindi. Ularga aloqador tushunchalar qadimgi ilmiy asarimiz yoki birinchi bitiklarimiz bo'lgan Avestoda 12 ming xo'kiz terisiga bitildi. Eramizgacha bo'lgan VII-VI-asrlarda Markaziy Osiyoni bosib olgan Aleksandr Makedonskiy 12 ming ho'kiz terisiga yozilgan «Avesto» bitiklarini Makedoniyaga olib ketib, o'zlari zarur deb bilgan matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiyaga oid bo'limlarni grek tiliga tarjima qildiradi-da, qolganini yoqib yubordi. Dunyo fanining birinchi yozuvlari mana shu tarzda yunonlar qo'liga o'tdi, gretsiyalik antik olimlar esa, butun dunyo fanining asoschisi sifatida tarixga kirdi. «Avesto» va uning bitiklari dunyo faniga XIX asrdagina malum bo'ldi. Demak, dunyo fanining birinchi markazi Markaziy Osiyo, aniqrog'i, Xorazm mamlakati deb aytishga ilmiy asoslar etarli. O'ylaymizki, «Avesto»shunos olimlar bu xatolarni tuzatadilar. 2-markaz. Gretsiya markazidir. Eramizgacha bo'lgan VI asrdagi birinchi olim gretsiyalik Falesdir. U birinchi bo'lib matematik hisoblarni ko'rsatgan olim, qadimgi Gretsiyadagi etti donishmandning biri va birinchi faylasuf hisoblangan. Gretsiyada eramizgacha bo'lgan VI-II asrlarda astronomiya, biologiya, geologiya va fizika fanlari shakllandi. Aristotel biologiya va mantiqning asoschisi bo'lsa, Gekatey geografiyaning, Gippokrat tibbiyotning, Gerodot tarixning asoschisi hisoblanadi. Bu olimlardan tashqari Yevklid (eramizgacha bo'lgan II asrda) Gipparx (Eramizgacha II asrda), Ptolomey (II asrda), Arximed (II-II asrlarda), Geron (I asrda), Galen (II-I asrlarda) tabiiy fanlar rivojiga munosib hissa qo'shishdi. Eramizgacha bo'lgan VI va I asrlarda Gretsiya fanning rivojlangan ikkinchi markazi hisoblanadi. Arximed yoki Yevklidning matematikada ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.39 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.39 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:26 ]
Arxiv ichida: doc