Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati - rasmi

Material tavsifi

Reja: Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining yaratilish tarixi. Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar. Tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyolik olimlarning xizmatlari (Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Dinavariy va boshqalar misolida). Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining O'zbekistonda rivojlantirilishi (Qori Niyoziy, Belskaya, Grigoryans ishlari). Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanish tarixi. Tabiatshunoslik metodikasi tabiatshunoslikning o'quv predmeti sifatida rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan o'zining tarixiga ega. Birinchi metodist deb Vasiliy fedorovich Zuevni (1754-1794) hisoblash mumkin, u xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o'qituvchilar seminariyasida lektsiyalar o'qidi. 1786 yili V. F. Zuev «Tabiiyot tarixining ko'rgazmalari» nomli darslikni nashr qildi, unda tabiiyotni o'rganish izchilligi; qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida tabiiyotga asos soldi. XIX asr o'rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarni ifodalovchilardan biri Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1870) bo'ldi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishda eng samarali metod sifatida ajratdi. Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini o'rganish bilan boshlashni taklif qildi, bunda kitobni o'qish yoki o'qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlari yordamida tekshira olsin. Ushinskiy ta'kidladiki, o'z joyi tabiatini o'rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki ular kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. «Bolalar dunyosi» kitobida Ushinskiy bolalarni nutq rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o'rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko'rsatib berdi. Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan tabiiyot o'qitish sistemasini birinchi bo'lib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841 -188) taklif qildi. U ta'kidladiki, ko'rgazmali o'qitish bola idrokining aniq holatiga muvofiq bo'lishi kerak. Gerd shunday sistemani bunyodga keltirdiki, unda tabiiyotni o'rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. U «Tabiiyot qisqa kursi» nomli darslik, shuningdek «Yer, havo, suv» nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga oid «Boshlang'ich maktabda predmetli darslar» nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi. 1917 yildayoq V.A.Gerdning «Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot» nomli kitobi nashr etildi, unda muallif tabiiyotni boshlang'ich maktabda maxsus predmet sifatida o'qitish zarurligini isbot qildi. Masalani bunday qo'yilishi tabiiyot bo'yicha tezda yangi dastur tuzishni talab kildi. 1919 yili maorif Komissarligi tomonidan tabiiyot bo'yicha taxminiy dastur tuzildi va tasdiqlandi. Unda ekskursiya va amaliy ishlarga katta e'tibor berildi. M.N.Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganish bo'yicha mashg'ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. 1959 yildan boshlab, har yili 1-4 sinf o'quvchilari uchun «Kuzatish kundaliklari» nashr qilinmoqda, uning muallifi V.A.Valerianova o'quvchilarning ob-havoni, o'simlik va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlarni, qishloq xo'jaligida odamning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tashkil qilishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga