Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi - pedagogik fanning predmeti, maqsadi va vazifalari R e j a : Tabiatshunoslik o'qitish metokasi fanining maqsadi va vazifalari. 2. Tabiatshunoslikni o'qitishning tadqiqot metodlari. 3. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar. 4. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Tayanch iboralar: Tabiatshunoslik, tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi,pedagogik fan, tadqiqot metodlari. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o'qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o'z fanini o'qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Maqsadi - Boshlang'ich sinf o'quvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo'llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o'rgatishga tayyorlashdir. Vazifasi - o'quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o'qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o'quv jihozlarini tayyorlashdan iborat. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi faqat o'qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o'qituvchi shu predmet bo'yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o'qitishi mumkin. O'quvchilarga tabiatshunoslikni o'rgatib borish bilan o'qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xulq - atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko'ra tabiatshunoslikni o'qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O'qitish jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan qismlarni: fan mazmuni, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, ya'ni fanning o'zini, uni o'qitishni va o'qishni, ya'ni bilim va ko'nikmalarni egallab olishdan iborat. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi o'qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o'quv materialini o'zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o'qitish jarayonlarini o'z ichiga oladi. O'qitish amaliyotini har tomonlama o'rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o'qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o'rganilayotgan narsalarni (o'simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to'g'ri tasavvur hosil bo'lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o'qitishni qo'llanish bo'yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Tabiatshunoslik metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi: o'quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o'rni; o'quv materialining shakl va mazmuni va uni taqsimlanish tizimi; o'qitish shakl va metodlari, shuningdek, o'quvchilarni tashkil etish holati; o'quv materialini, o'quvchilarning o'zlashtirish jarayoni va o'qitish natijalarini hisobga olish; jihozlash va o'quv qurollaridan foydalanish; darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o'qitishning moddiy bazasi. tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiat hodisalarini o'zaro bog'lanishda va rivojlanishini o'rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qo'llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiatshunoslikni o'qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o'rtasidagi qonuniy bog'lanishlarni aniqlaydi, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.14 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.14 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc