Tabiatshunoslik o'quv materiallarining mazmuni

Tabiatshunoslik o'quv materiallarining mazmuni

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik o'quv materiallarining mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiatshunoslik bilimlarini o'zlashtirish jarayonlari - idrok, tasavvur, tushunchalarni shakllantirish. 2. Tabiatshunoslik tushunchalarini aniqlash borasidagi olimlarning ishlari. 3. 1-2 sinf «Atrofimizdagi olam» predmetining mazmuni. 4. 3-4 sinf «Tabiatshunoslik» predmetining mazmuni. Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o'rta va hunar ta'limi tizimini o'zgartirdi. Bolalarni o'qitish bir yil oldin - olti yoshdan boshlanadi. Boshlang'ich maktabda o'qishning davomiyligi bir yilga ko'payadi, bu bolalarni o'qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o'rgatish, ularga oddiy mehnat ko'nikmalarini singdirishga imkon beradi. Boshlang'ich sinflarning (1-2 sinflar) o'quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o'quv predmeti kiritilgan bo'lib, uni o'rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to'g'risidagi bolalar tasavvurlarini to'plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to'g'ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko'chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko'nikmalarini shakllantirish, oila a'zolariga muhabbat va ular to'g'risida g'amxo'rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e'tibor bilan munosabatda bo'lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishni, jonajon o'lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Kursini o'qitish ikki yo'nalishda olib boriladi. Birinchi yo'nalish, bolalarni kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o'qish, kinofilm, diafilm va teleko'rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va hoka'zolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o'quv mashg'ulotlari, didaktik va ijodiy o'yinlar, o'z-o'ziga xizmat qilish bo'yicha mehnat va boshqalarda) mustahkamlaydilar. Ikkinchi yo'nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo'lishda tanishtirish, tabiiy obyekt va hodisalar to'g'risida tasavvurlar shakllantirish, tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, tabiat muhofazasi bo'yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tutadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o'quv sayrlari davomida va shuningdek amaliy ishlar tashkil qilinganda o'tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o'zgarishlarni har kuni kuzatib borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, o'yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo'nalishlarni bog'lovchi vositadir. Kursning mazmunini (1-2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», «Bizning maktab (bolalar bog'chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof olam to'g'risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to'plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi. O'qitish jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun ham, bundan keyin ularni boyitish va rivojlantirish uchun ham yil davomida bir mavzuning o'ziga bir necha marotaba qaytish maqsadga muvofiqdir. Atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha mashg'ulotlarning ko'p qismi maktab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.63 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.63 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga