Tabiatshunoslikdan o'quv ishlarini tashkil etish shakillari. Dars - tabiatshunoslikni o'qitishning asosiy shakli R e j a : 1. Tabiatshunoslik o'qitish shakllariga umumiy tavsif. 2. Dars - o'quv-tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi. 3. Ta'limning tashkiliy shakllarini o'zaro bog'liqligi. 4. Tabiatshunoslik ta'limining tashkiliy shakllari tizimi. Tayanch iboralar: dars, metod, uslub, vosita, eksperimental xarakter. Maktabda o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish o'quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O'qitishning shakli tarbiyaviy ta'lim jarayonida o'qituvchi tomonidan foydalaniladigan o'quvchilarning o'quv, ko'nikma, idrok qilish faoliyatini o'tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. Maktablarda o'rganiladigan barcha fanlar uchun o'quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma'lum darajada darslikda belgilangan o'quv materiali o'qitiladi. Darslarga qatnashish o'quvchilarga majburiydir. Dars - deganda ma'lum fanlardan, ma'lum hajmdagi bilimlarning ma'lum yoshdagi o'quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo'lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko'tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog'lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyalardan qo'llab dars o'tish o'quvchilarning tabiatshunoslikdan olgan bililmarini e'tirof etish o'quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o'zlashtirishga yanada qiziqish uyg'otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi. Dars - o'qituvchining sinf bilan olib boradigan ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Darsda butun ta'lim-tarbiya sistemasi, o'qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi. Tabiatshunoslik darslarida o'quvchilar dasturga qat'iyan muvofiq, o'qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o'quv va ko'nikmalar oladilar. Materialni o'quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil qurollardan foydalanib, o'qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o'qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o'z bilimlaridan amalda foydalanish o'quvlarini singdiradi. Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad - o'quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo'lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishdir. O'qituvchi o'quvchilar ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o'rganiladiganlarni ilgari o'tilganlar bilan bog'lanishini tushunsinlar, materialni ongli o'zlashtirsinlar. Dars o'tishda o'qituvchi o'quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda jonli qiziqish uyg'otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog'liq bo'lgan, o'quvchilarga yaqin bo'lgan materialdan foydalanilganda bo'lishi mumkin. Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigina emas, balki o'quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini, ilgari o'rganilganlarni o'zlashtirish darajasi, olingan bilimlarning puxtaligi ham hisobga olinishi lozim. Darsda ko'rgazmali qurol va tajribalarni namoyish qilish bilan boradigan hikoya, suhbat, amaliy ish metodlari qo'llanilishi mumkin. Darsda har xil metodlarning qo'llanilishi yangi mavzuni to'liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o'quvchilarni kamroq charchatadi, ular faolligini oshiradi. Dars ta'lim jarayonida o'quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o'z navbatida, o'quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shaqlanishiga olib keladi. Darsning tarbiyaiviy mazmun kasb etishi, berilayotgan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc