Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining predmeti va vazifalari

Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining predmeti va vazifalari Reja: Tabiatshunoslikkani o'qitish metodikasining predmeti. Tabiatshunoslikni metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar Tabiatshunoslikkani o'qitish metodikasining maqsadi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiatshunoslikni o'qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o'z predmetini o'qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metod-laridan foydalanadi. O'quvchilarga tabiatni o'rgatib borish bilan o'qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilimni o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko'ra tabiatshunoslikni o'qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O'qitish jarayoni o'zaro bog'liq bo'gan qismlarni: predmet mazmunini, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, fanni o'qitishni va ko'nikmalarni egallab olishni o'z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining vazifalari qatoriga o'quv fani sifatida tabiat-shunoslik mazmunini aniqlash, o'qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o'quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiat¬shunoslikni o'qitish metodikasi faqat o'qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o'qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo'yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o'qitishi mumkin. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi o'qituvchining tayyorla-nishidan tortib, to o'quv materialini o'zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o'qitish jarayonlarini o'z ichiga oladi. O'qitish amaliyotini har tomonlama o'rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o'qitishning muayyan qommiyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o'rganilayotgan narsalarni (o'simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to'g'ri tasavvur hosil bo'Iishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetii o'qitishni qo'llash bo'yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Tabiatshunoslikni metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan masalalarga quyidagilar kiradi: 1) o'quv fani sifatida tabiatshunoslik fanining ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati, lining tarbiya tizimidagi o'rni; 2) o'quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish tizimi; 3) o'qitish metodlari va o'quv ishlarini tashkil etish shakllari; 4) o'quv materialini, o'quvchilarning o'zlashtirish jarayoni va o'qitish natijalarini hisobga olish; 5)jihozlash va o'quv qurollaridan foydalanish; 6) darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o'qitishning moddiy bazasi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiat hodisalarini o'zaro bog'lanishda va rivojlanishda o'rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi barcha tabiatshunoslikka oid materialni o'rganishning o'ziga xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoida-lariga asoslanadi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o'rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Talabalarga tabiatsbunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish. 2. Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga