Reja: O'quv jarayonida o'quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligini oshirish yo'llari. Bolalarga chuqur bilim berishda ko'rgazmalilik qoidasining roli. Tabiatshunoslik darslarida bilimlarni puxta o'zlashtirish qoidasi. O'quv ishlarini yakka tartibda olib borish qoidasi. O'quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi - o'quvchilarning o'qishga ongli va ijodiy munosabatda bo'lishlarini; o'rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; o'qish mehnatini ijodiy xarakterda bo'lishini; bilimlardan amaliyotda ongli qo'llanilishi va ularni ishonchga aylanishini o'z ichiga oladi. Bu tamoyil o'qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadi. O'qitishda onglilik tamoyili o'quvchilarning o'z o'quv ishlarining aniq maqsadlarini aniq tushunishlarini, o'rganilayotgan narsa, hodisa, jarayonlar va ular o'rtasidagi bog'lanishni tushungan holda o'zlashtirib olishlarini, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llay olishlarini bildiradi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o'qituvchiga taalluqlidir, u o'quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg'otishi kerak. O'qitishda onglilikni namoyon bo'lishining oliy shakli o'quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o'tkazilgan kuzatishlarni ta'riflash va o'qituvchi taklif qilgan mavzu bo'yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog'liq bo'ladi. O'qitishning ko'rgazmalilik qoidalari. Ko'rgazmalilik tamoyili o'qitish jarayonida turli sezgilardan: ko'rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O'quvchilar buyumni qanchalik darajada idrok qilishsa, ularning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to'la va chuqur bo'ladi. Ko'rgazmalilik tamoyili o'qitish maqsadlariga mos bo'lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o'rganish esa o'quvchilarni chinakam ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Mashg'ulotlarda turli xil ko'rgazmali qurollarni qo'llash o'quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini safarbar etadi. Shuning uchun ko'rgazmali vositalar o'qitishning hamma bosqichlarida: o'quvchilarning yangi materialni idrok qilishlarida, bilimlarni mustahkamlashda, tekshirish hamda amaliy faoliyatda va ishda qo'llashlarida, mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qilishda tadbiq etiladi. Ko'rgazmalilik qoidalaridan foydalanishning asosiy vazifasi o'quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu prinsip atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o'qitishni nazarda tutadi. Ko'rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o'rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o'quvchilari ko'rganlaridan hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to'g'ri tushuncha va xulosalar hosil bo'lishiga yordam beruvchi qimmatli bilimlar olishlari kerak. Tabiatshunoslik bo'yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o'rganishga, tirik tabiat burchagida, maktab oldi uchastkasida kuzatishlar o'tkazish, tajribalar qo'yishga imkon beruvchi metodlarning qo'llanilishini, ya'ni o'quvchilarning bevosita ko'z bilan yoki bevosita ko'rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlari bilan tanishishi deb tushuniladigan ko'rgazmali tamoyildan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas. Tabiatshunoslikni o'qitishdagi ko'rgazmalilikni mashg'ulotlar jarayonida faqat tabiiy ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.76 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.76 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc