Reja: 1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. 2. Bilimlarni o'zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. 3. O'quv materialining ilmiy va tushunarli bo'lish tamoyili. 4. O'qitishda nazariyani amaliyot bilan bog'lash tamoyili. Hozirgi zamon pedagogikasida o'qituvchining faoliyati hamda o'quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o'qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltirildi. O'qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o'qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o'rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o'quv jarayonining hamma bo'g'inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o'z aksini topadi. O'quv dasturida nazariy va Amaliy mashg'ulotlarning bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o'quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko'plab ma'lumotlardan kichik yoshdagi maktab o'quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o'lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta'lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o'quv materiali tanlanadi. Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o'quvchilarining tabiat to'g'risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar bilan, keyin esa murakkabrog'i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o'qitishda muntazamlilik prinsipi amalga oshiriladi. O'qitishning muntazamliligi, ya'ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan sistemaga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog'lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o'yinlar (bu boshlang'ich sinflardagi o'qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta'limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog'lanishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o'quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o'quv materialining tushunarli bo'lishi bilan belgilanadi. Chunonchi: maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o'simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o'zgarishlarni (1-2 sinflar); jonajon o'lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini (3-sinf); Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni (4-sinf) aks ettiruvchi materialni Izchillik bilan o'rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo'yicha oddiy (elementar) ma'lumotlarni beradi. O'quv materialini ilmiy va tushunarli bo'lish qoidasi Ilmiylik tamoyili o'quvchilarga o'rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc