Tabiatshunoslikni o'qitishning ko'rgazmali uslubi. Kuzatish uslubi, uning turlari Reja: Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatni kuzatishlar tizimi Ko'rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko'rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo'Ilaniladi. Ko'rgazmalilik o'quv-chilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek-siyalashda katta ahamiyatga ega. To'g'ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da'vat qiladi. Tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladigan ko'rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin. Ko'rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o'quvchilarga o'rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o'rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to'g'risida tasavvurlar beradi. Boshlang'ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav-vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko'r-gazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko'rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj-lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko'rsatmali material orqali o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladi. O'quv kino va diafilmlarni ko'rsatish ham ta'limning ko'rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko'rish orqali filmda ko'tarilgan savollarga javob topishlari lozim. Sayohat ham ko'rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o'qituvchi tomonidan puxta o'ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlami kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o'quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda - o'quvchiJar soniga qarab to'plash kerak). Qabul qilish uchun ten sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, pomidor, poliz ekinlari (o'simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko'rsatilishi mumkin. Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hoka'zolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu tasavvurlar ancha to'liq va ravshan bo'ladi. Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o'qituvchi o'quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta- kichikligi, shakli, rangi, jonli bo'lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida, shuningdek, boshqa narsalarga o'xshashligi va ulardan farqiga oid yo'naltiruvchi savollar qo'yadi. Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina obyekt va hodisalar to'g'riisda ma'lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc