Tabiatshunoslikning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari Reja: Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. O'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish. Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. O'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash. Ma'lumki, boshlang'ich sinflarda «Atrofimizdagi olam» (1-2-sinflarda) va «Tabiatshunoslik» (3-4- sinflarda) fanlari o'qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo'lib, o'zining mazmuni va metodlari bilan o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega. «Tabiatshunoslik» fani yosh avlodni tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo'riqlash, asrash, in'omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o'z qo'llari bilan yaratish va ko'paytirishga chorlaydi. Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o'rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o'quvchilarda tabiat to'g'risida, o'z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boylikiari to'g'risida birbutun tasawurni shakllantirish kerak. O'quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o'zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog'liq ekanligini ko'rsatish g'oyat muhimdir. Shu talablarga ko'ra kichik yoshdagi o'quvchilarga: - o'zaro bog'liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to'g'risida aniq bilimlar berish; - odam organizmi va uning salomatligini saqlash to'g'risida ma'lumotlar berish; - ularni tabiatda kuzatishlar o'tkazish o'quvi va ko'nikmalari bilan qurollantirish; - tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko'paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish; - jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak. Umumta'lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo'nalishiariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o'zgarishlar, ko'rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursida O'quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga eitiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o'quvchining gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o'z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushu-nish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga muruwatli mu-nosabatni, vatanparvarlikni va go'zallikni tushunishni tarbiya-lash kerak. Zamonaviy pedagogika ta'lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta'lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta'Iimning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o'qitish o'qituvchiga o'quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo'yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. O'quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, O'quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o'zlashtirish jarayoni bilan bog'liqdir. Shu munosabat bilan tabiatshunoslikni o'qitish o'qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarda katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshu¬noslikni o'qitishda og'zaki, ko'rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko'proq qo'llanilmoqda. Tabiatshunoslik bo'yicha mashg'ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o'yinlar, o'lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog'lamoq zarur. Bularning hammasi o'qituvchiga tabiatshunoslik bo'yicha o'quvchilar bilan shug'ullana borib, ularni faqat yaxshi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc