Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fani, maqsadi, vazifasi va o'rganish uslublari, rivojlanish tarixi Reja: Tabiatshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifasi. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi fanining o'rganish uslublari. Tabiiy fanlarning rivojlanish tarixi. Tabiatshunoslik fanining taraqqiyotida Markaziy Osiyo mutafakkir olimlarining xizmatlari. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fani hozirgi kunga kelib asosiy xalqaro sintetik fanlarning biriga aylandi. Chunki tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta'limot, matematika, fizika, kimyo, o'simlik va hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga qo'yilgan muammolar tirik va o'lik tabiatni o'zaro munosabati masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabat eng og'ir, yechimi mushkul muammo. Inson faoliyati ta'sirida qurg'oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho'llanish, suv zahiralari kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi aholisini to'rtdan bir bo'lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan biologiya, fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib, ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o'z manfaatlarini amalga oshirish uchun safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o'tishga erishdi. Tabiat qonunlarini har tomonlama o'rganishni hayotni o'zi taqozo qilayotir. Tirik materiya integrasiyasining eng yuksak darajasini o'rganish jarayonida tabiiy fanlar konsepsiyasi uni bir butun yaxlit holda ko'radi va biologlar, ekologlar, mikrobiologiya, genetika va neodarvin nazariyasini uning haqiqiy tabiiy holatida, evolyusion jarayon doirasida ko'radilar. Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi lozimligida ko'radi: 1. Yer qurrasida sodir bo'layotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan ko'payishidagi sifat o'zgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bog'liqligi. 2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xo'jaligida qo'llash muammosi va ayniqsa idora qilish imkoni bo'lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish. 3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini yaratish. 4. Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer qurrasining issiqlik balansini o'rganish muammolari. 5. Yer qurrasida sodir bo'lishi kutilayotgan faloqat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta mablag' talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari xalqaro masshtabda olib borilishi lozim bo'ladi. Insonning texnikaviy talabi uchun har yili atmosfera hisobidan sarflanadigan kislorod 48 mlrd. kishini nafas olishi uchun yetarli. SHu bilan birga insonni hayot faoliyati normal borishi uchun sarflanadigan atmosfera tarkibidagi kislorodning miqdori 5 ming trln. tonnaga teng bo'lishiga qaramasdan uni bitmas - tuganmas deb bo'lmaydi. Odam bir yilda 9 tonnaga yaqin kislorod qabul qiladi. yana 12 mlrd. tonnaga yaqin kislorodni inson har xil yoqilg'ilarni yoqish uchun sarflaydi. 1 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:02:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.99 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.99 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc