Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari

Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari

O'quvchilarga / Botanika
Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari Reja: Amaliy uslublar Tabiatshunoslikni o'qitish metodlari tizimlda amaliy ishlar Sinfda amaliy mashg'ulotlar Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisob-lanadi, chunk! ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mavjud. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvcbanlik, mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o'zgartirishlarida tajribalar chinakam vosita bo'lishini ko'rishlari kerak. Tajribalarni o'quvchilar asosan mustaqil holda o'tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo'lib ishlash talab etiladigan tajri-balarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi. Tajriba o'tkazishdan oldin o'quvchilar undan ko'zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajribani o'tkazish, uning borishi va natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo'lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi. Sinfda, maktab o'quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o'zlashtirib olishdangina emas, balki ma'lum malaka va ko'nikmalarai egallab olishda ham o'quvchilarga yordam berishdan iborat. Sunday ishlar sirasiga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbany, kolleksiyalar, ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o'lchashga) qara-tilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o'rganishga bog'liq bo'lgan amaliy ishlar kiradi. O'quvchilarning har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyor-langan, to'g'ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo'lsagina ular samarali natija berishi mumkin. Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba'zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o'zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz. Tajriba tabiatshunoslikni о 'qitishning amaliy metodidir. Tajriba o'qitish metodi bo'lib, uning yordamida o'rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o'tkazishda o'quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo'lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi. Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuv-chanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir. Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometming simob ustuni haroratning o'zgarishiga qarab ko'tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ko'rsatadi. Oddiy tajribalar o'quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o'quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o'qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat bilim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga